Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

130


131
Turkon Xotun kim bo‘lgan?
Tarixchi Juvayniyning yozishicha: «Turkon xotun qang‘li urug‘idan bo‘lgan xon 
Jonkishning qizi edi. Gurganch (Urganch) Turkon xotunning xos poytaxti hisoblan-
gan, uning xos saroyi ham mavjud bo‘lgan. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishi cha, 
Sulton Muhammad hukmronligi davrida Turkon xotun saltanat ishlarida yetakchi 
mavqeni egallagan, uning farmoyishlari va maslahatlari o‘g‘li tomonidan so‘zsiz 
bajarilgan. Turkon xotunning rahnamoligida saroy ahli, zodagonlar bir necha gu-
ruhga bo‘linib, o‘zaro adovat qilganlar. Qipchoqlardan tashkil etilgan oliy martaba-
li sarkardalar Turkon xotun bilan yaqin bo‘lib, aksariyati saroyda Sultonga qarshi 
bo‘lib turgan biron-bir guruhga boshchilik qilganlar. Saltanat ishlari deyarli Turkon 
xotun tomonidan boshqarilgan. Ko‘p hollarda Muhammad Xorazmshoh tarafidan 
e’lon qilingan hukm va farmoyishlar Turkon xotun tomonidan hech qanday asossiz, 
kengash siz bekor qilinar edi. 
Sulton onasi va haramini Mozandaronga olib ketib (mo‘g‘ullar hujumi davri haqi
-
da gap ketmoqda), u yerning qal’asiga bekitish uchun Xorazmga odamlarini yubor
-
di. Turkon xotun o‘g‘lining buyrug‘iga ko‘ra harakat qildi. Sulton oilasi va haramini 
olib ketayotganida askarlarni Xorazmda qoldirishdi. Harakat paytida asir qilib olin
-
gan turli mamlakatlarning podshohlarini buyruq bilan Jayhun daryosiga cho‘ktirib 
yuborganidan so‘ng bolalari, nevaralari, yaqinlarini xazinasi bilan vazir Nosiriddin
-
ning kuzatuvida Eron tomondagi Ilol (Tajan irmog‘idagi hudud) qal’asiga yubordi. 
Sulton ketidan ta’qib qilib Mozandaronga kelgan mo‘g‘ul sarkardasi Subutoy esla
-
tilgan qal’ani qamal qilish uchun askar chaqirdi. Taqdirni qarangki, yomg‘ir bulutlari 
o‘z yuklarini ustiga to‘kkan va o‘sha paytgacha hech kim suv tanqisligini ko‘rmagan 
Ilol qal’asi qurshovga olingan vaqtda yomg‘ir ham ularga dushmanlik qilib, yog‘may 
qo‘ydi. O‘n besh kundan so‘ng suv tugagach, og‘ir ahvolda qolgan Turkon xotun 
boshqa haram a’zolari bilan va vazir Nosiriddin bilan pastga tushdi. Ular qal’aning 
tubiga borgan vaqtda yashin ustiga yashin chaqib yomg‘ir yog‘a boshladi. Mo‘g‘ul 
askarlari Turkon xotunni yaqinlari bilan birga Toliqonda turgan Chingizxon yoniga 
olib bordilar. Turkon xotun mo‘g‘ul davlati poytaxti bo‘lgan Qoraqurumga olib ketil
-
gan va shu yerda vafot etdi».
1. Sulton farmonlarining onasi tomonidan bekor qilinishi qanday oqibatlarga 
sabab bo‘lgan?
2. Tarixchi Nasaviyning bergan ma’lumotlari asosida munosabatingizni bildi-
ring.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin