Bilasizmi?
Imomi A’zam
maqbarasi. Bag‘dod
Kunya
— abu (arabcha «ota») so‘zining
izofa qaratqichli birikma holatidagi shak-
li. Arablar va boshqa musulmon xalqlar-
da ko‘pchilik kunyalarning tarkibiy qismi.
Masalan, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon
Beruniy va boshqalar. «Abu» bilan kelgan
ism shaxsning otasi, «ibn» bilan kelgan
ism esa shaxsning o‘g‘li degan ma’noni
bildiradi.
143
ISLOM DININING YOYILISHI
IX-XII asrlarda islom dini O‘rta Osiyo
xalqlari davlatchiligi tarixida katta rol o‘y
-
nay boshladi. Movarounnahrda bu davr
arab xalifaligidan mustaqil bo‘lgan dav
-
latlarning paydo bo‘lishi va rivojlani-
shi davri bo‘lgan. Islom bu vaqtda
Sharqda keng tarqalib, jahon dini dara
-
jasiga ko‘tarildi, musulmon dunyosi
-
ning mafkurasiga aylandi.
Arab tilida ilmiy asarlar yozildi. Azal
-
dan savodli bo‘lgan, madaniyati yuqori
darajaga ko‘tarilgan Turon xalqi tez ora
-
da nafaqat arab tilini, balki islom ilmlarini
ham chuqur o‘rganib, arab tili va shariat
masalalarida kitoblar yozadigan olim
-
larni yеtishtirib chiqara boshladi.
Shaharlarda masjid-u madrasalar
qurilishiga e’tibor berila boshlandi. Man
-
balarning darak berishicha, Buxoroda
dastlabki madrasalar VIII-IX asrlardan
boshlab barpo qilingan.
Hatto qonunshunoslar uchun ham
maxsus «Faqihlar madrasasi» degan ix
-
tisoslashtirilgan madrasa qurilgan. Bun
-
day bilim maskanlarida Qur’oni karim,
hadis ilmi va shariat asoslari har tomon
-
lama mukammal o‘rganilgan.
O‘sha davr shaharlari orasida islom
dini ta’limotini chuqur targ‘ib qilishda
Buxoro shahri alohida o‘rinni egalladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, madrasa
-
yu, maktablarning borligi bu yerda ilo
-
hiyot fani bo‘yicha yirik olimlarning yеti-
shib chiqishiga xizmat qiladi. Shuning
uchun bo‘lsa kerak, Buxoro shu davrdan
boshlab «Qubbatul islom» – «Islom dini
-
ning gumbazi» nomi bilan shuhrat topa
boshladi.
Sekin-asta islom dini markazlashgan
davlatning asosiy mafkurasiga aylandi.
... Tilingni yaxshi hunar bilan o‘rgatgil va muloyim so‘zdan boshqa narsani odat
qilmagil. Nedinkim, tilga har nechuk so‘zni o‘rgatsang, shuni aytur, so‘zni o‘z joyida
ishlatgil, so‘z agar yaxshi bo‘lsa, ammo noo‘rin ishlatilsa, gar chand u har nechuk
yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon, nobop eshitilur. Shuning uchun behuda so‘zlama-
gilki, foydasizdur. Bunday befoyda so‘z ziyon keltirur va har so‘zki undan hunar isi
kelmasa, bunday so‘zni gapirmaslik lozim.
Kaykovus, «Qobusnoma»
144
Ijmo - ilk islom
davrida ulamolarning
bir ovozdan qabul
qilgan qarorlari.
Bugungi kunda Mar
-
kaziy Osiyo musulmon
-
larining aksari hanafiylik
mazhabiga ergashadi. Ayni
damda mazkur fiqhiy ta’li
-
mot Hindiston, Pokiston,
Afg‘oniston, Iroq, Suriya,
Turkiya va qator Afrika mam
-
lakatlarida keng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: |