153
1. «Imom Buxoriyning imtihon qilinishi»
hikoyasini o‘qib, uning noyob iste’dodi
haqida mushohada qiling.
2. Xotirani mustahkamlash uchun qanday mashqlar
zarur? Siz xotirangizni mustahkamlash uchun qanday
mashqlar bajarasiz?
3. Kitob o‘qish va yod
olish xotirani mustahkamlaydi, degan
fikrga qo‘shilasizmi?
4. Islom dinida ilm-fanga e’tibor berishdan va targ‘ib
etishdan qanday maqsadlar ko‘zlangan?
Manbalarda
Imom Buxoriyning imtihon qilinishi
Bir kuni Imom Buxoriyning Bag‘dodga kelganini eshitgan olimlar u kishini imtihon qilib ko‘r-
moqchi bo‘ldilar. Bag‘dod muhaddislari yuzta hadisni tanlab olib, ularning matn va isnodlarini o‘z-
gartirdilar (ya’ni, bir isnod matnini ikkinchi bir isnod matni bilan va bir
matn isnodini boshqa matn
isnodi bilan almashtirib qo‘ydilar). So‘ng ularni o‘n kishiga o‘ntadan bo‘lib berdilar-da, yig‘in vaqtida
Imom Buxoriyga aytishni tayinladilar. Yig‘inga minglab xurosonlik, bag‘dodlik va boshqa olimlar
kelishdi. Boyagi kishilar o‘zlariga topshirilgan hadislarni Imom Buxoriyga aytib, ular xususida so‘ra-
dilar. Shunda Imom Buxoriy ularning har biriga: «Bunday hadisni bilmayman», — deb javob berdi.
Savollar tugaganidan so‘ng birinchi bo‘lib savol bergan kishiga o‘girildi-da: «Ammo,
sen aytgan
birinchi hadisning matni boshqa bir hadis isnodiga taalluqli bo‘lib, to‘g‘risi mana bunday, ikkinchi-
sining isnodi esa bo‘lak hadis matniga tegishli bo‘lib, to‘g‘risi mana bunday...» — deya savol bergan
10 kishiga javob berdi. Barcha hadislarning isnod-u matnlarini joy-joyiga qo‘yganiga
qoyil qolgan
odamlar u kishining xotirasi, aql-u zakovatiga tan berib, chuqur izzat-ehtirom bildirdilar.
Dostları ilə paylaş: