Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
Bilasizmi?
707-yili musulmonlar tomonidan dunyodagi birinchi shifoxona tashkil qilindi. 
Shu shifoxonaning o‘zida hamshiralar xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yildi va tibbiyot 
oliygohlari faoliyat ko‘rsata boshladi. Ko‘p asrlar mobaynida aynan musulmon shifokorlari ko‘z 
kasalliklarini tekshirish va davolash bo‘yicha mutaxassislar hisoblanishgan.
Manbalarda aytilishi-
cha, Imom Buxoriy-
ning sahih to‘plamiga 
kiritilgan ishonchli ha-
dislarning soni takror-
lanadiganlari bilan 
birga 7 275 ta bo‘lib, 
takrorlanmaydigan 
holda esa 4 000 ha-
disdan iborat bo‘lgan.


Imom Termiziy.
Abu Iso Muhammad 
Termiziy (824–892-yil, Termiz) Bug‘ qish
-
log‘i (hozirgi Sherobod tumani)da tavallud topgan bu
-
yuk o‘zbek muhaddisidir. Termiziy Imom Buxoriy bilan 
uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda bo‘lgan va 
ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) hadisning mat
-
ninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib 
yetganini e’tirof etadi. O‘z navbatida, Imom Buxoriy 
o‘z shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: «Sen mendan 
bahra topganingdan ko‘ra, men sendan ko‘proq bah
-
ra topdim», – deydi. Bu Termiziyga berilgan juda katta 
baho edi. 868-yilda u o‘z tug‘ilgan yurtiga qaytgan. 
Ma’lumot uchun
1990- yili yurtimizda 
Termiziy tavalludining 
1200 yilligi keng ni-
shonlandi. Mustaqillik 
yillarida Termiziyning 
yodgorlik majmuasi 
qaytadan ta’mirlanib, 
qutlug‘ ziyoratgohga 
aylantirildi.
Mulohaza uchun
Termiziy ilmiy-ijodiy ish, shogirdlar 
tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ldi va yirik 
muhaddis olim, imom sifatida shuhrat qozondi. Termi
-
ziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati: «Al-Jome’ 
as-sahih» («Ishonarli to‘plam»), «Ash-Shamoil an-naba
-
viya» («Payg‘ambar alayhissalomning shakl va sifatla
-
ri»), «Al-Ilal fil-hadis» («Hadislardagi illatlar»), «at-Ta’rix» 
(«Tarix») va boshqalar bizgacha yetib kelgan. Uning asar
-
lari ichida eng mashhuri, shubhasiz «Al-Jome’ as-sahih» 
bo‘lib, u 6 ta ishonchli hadislar to‘plamidan biridir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin