Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ma’lumot uchun
157
Imom Burhoniddin 
Marg‘inoniy ziyoratgohi. 
Farg‘ona viloyati
2000­yilning 
noyabrida 
Marg‘ilonda 
Burhoniddin al­
Marg‘inoniyning 
910 yilligi keng 
nishonlandi.


158
Hakim Termiziy
ning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn 
Hasan ibn Bashir Hakim Termiziy bo‘lib, tarjimayi holiga oid ma’lumot
-
lar o‘rta asrlarda arab tilida ijod qilgan mualliflardan Tojuddin Subkiy, Xatib Bag‘dodiy 
Ibn Hojar Asqaloniy va Sullamiy asarlarida, shuningdek, o‘zining qalamiga mansub 
«Bad’u sha’ni Abu Abdulloh» («Abu Abdulloh ishining boshlanishi») nomli avtobiog
-
rafik risolasida keltirilgan. 
Mashhur mutasavvuf, muhaddis, «hofiz ul-Qur’on» va olim bo‘lib, aqida, taf
-
sir, hadis ilmlari to‘g‘risida asarlar yozgan Hakim Termiziy taxminan 750/760-yillar
-
da Termiz shahrida tavallud topgan. Umrining oxiriga qadar (taxminan 869-yil) to‘rt 
yuzga yaqin asar yozgan. Shundan oltmishga yaqini bizgacha yetib kelgan.
Termiziy bu dunyo uchun yaratilgan barcha ne’matlarning, jumladan, tevarak-at
-
rof, bizni o‘rab turgan dunyoning hikmatini anglashdagi harakatlari uchun o‘z davri
-
158
Ma’lumot uchun


159
da alloma «al-Hakim», ya’ni «(borliqdagi) hikmatni anglagan zot» nomiga mushar
-
raf bo‘lgan. 
Allomaning payg‘ambar Muhammad alayhissalomning hadislariga bag‘ishlan
-
gan «Navodir al-usul fi ma’rifat axbor Rasul» («Rasululloh xabarlarini bilishga oid 
usullar») asari mashhur. Uning bir qo‘lyozma nusxasi O‘zbekiston musulmonlar ido
-
rasi kutub xonasida saqlan moqda. Hakim Termiziyning bizgacha yetib kelgan muhim 
asarlaridan yana biri «Xatm ul-avliyo» (ba’zi manbalarda «Xatm ul-valoyat») bo‘lib, 
unda allomaning valiylik haqidagi qarashlari keng bayon etiladi. Bundan tashqari, 
uning tasavvufga oid «Kitob haqiqat al-odamiya» («Insoniyat haqiqati to‘g‘risida ki
-
tob»), «Adab al-nafs» («Nafs odobi») va boshqa bir qancha qo‘lyozma asarlari bu
-
gungi kungacha yetib kelgan. Ular mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin