164
Saljuqiylar davrida fan va madaniyat taraqqiyoti uchun barcha
shart-sharoit yaratib berilgan. Ushbu xonadonga mansub oliy hukm
-
dormi, shahzodami yoki malikami, hammalari biror-bir shaharda bir yoki bir nechta
madrasa qurishni o‘z vazifalari deb bilganlar. Ulardan vazirlar, amirlar, mahalliy ho
-
kimlar ham o‘rnak olib ish tutganlar. Mashhur vazir Nizomulmulk o‘z davrida ko‘plab
madrasalar qurdirgan. Ilm toliblari ham diniy, ham dunyoviy sohalarda bilim olgan
-
lar. O‘quvchilarga oylik nafaqa berilgan, joy bilan ta’minlangan. Ularni o‘z davrining
yetuk olimlari o‘qitgan. Ilm toliblarining ixtiyorida ko‘p ming sonli kitoblarni o‘zida
jamlagan kutubxonalar ham bo‘lgan.
Nizomulmulk tomonidan asos solingan Bag‘doddagi «Nizomiya» madrasalari
-
dan birida olti ming talaba yashab, ta’lim olgani ma’lum. Har bir madrasa qoshida
kutubxona, ayrimlarida shifoxona ham mavjud bo‘lgan. Jumladan, Nishopurda asos
solingan madrasaga shifoxona ham biriktirilgan.
Madrasada astronomlar, matematiklar, falakiyotshunoslar, riyoziyotchilar, tabib
-
lar, kimyogarlar, yirik shoirlar faoliyat ko‘rsatganlar. Ular o‘z zamonlarining barcha
ilmlaridan xabardor bo‘lganlar.
Marv noibi Ma’mun 813-yilda Bag‘dod xalifaligi taxtiga o‘tiradi. U Xuroson, Mo
-
varounnahr va Xorazmdagi ilm ahlini Bag‘dodga olib ketadi. Ular orasida tarixda
mashhur Muhammad Muso Xorazmiy ham bo‘lgan.
Ma’lumot uchun
Nima uchun xalifa Ma’mun,
keyinchalik, qoraxoniylar,
somoniylar, g‘aznviylar, sal-
juqiylar davrida ilm-ma’rifat
rivojlangan?
Javobingizni
Imom Buxoriyning: «Ilmdan
o‘zga najot yo‘q va bo‘lma-
gay», — degan hikmati bilan
asoslang.
Dostları ilə paylaş: