Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Bilasizmi?
167
X asrda yashagan sayyoh 
al-Muqaddasiy: «Xorazmlik-
lar aql-idrok, ilm, fiqh, qobi-
liyat hamda bilim kishilari-
dir», — deganida nimalarni 
nazarda tutgan?
Ijodiy 
faoliyat


Xorazmiy qalamiga mansub 20 dan 
ortiq asarning 10 tasi bizgacha yetib 
kelgan. «Al-jabr val-muqobala», «Hind hisobi haqida 
kitob», «Qo‘shish va ayirish haqida kitob» (arifme
-
tik asarlar), «Kitob surat-al-arz» (geogra fiyaga oid 
asar) shular jumlasi dandir. Shuningdek, allomaning 
«Zij», «Usturlob bilan ishlash haqida kitob», «Usturlob 
yasash haqida kitob», «Usturlob yorda mida azimutni 
aniqlash haqida», «Kitob ar-ruhoma», «Kitob at-tarix» 
kabi asarlari ilm-fan rivojida katta ahamiyat kasb etadi.
Mulohaza uchun
168
«Men arifmetikaning oddiy 
va murakkab masalalarini 
o‘z ichiga oluvchi «Al-jabr 
val-muqobala hisobi haqi-
da qisqacha kitob»ni ta’lif 
qildim (yozdim), chunki 
meros taqsimlashda, va-
siyatnoma tuzish 
da, mol 
taqsimlashda, adliya ishla-
rida, savdoda va har qan-
day bitimlarda, shuningdek, 
yer o‘lchashda, kanallar 
o‘tkazishda, geometriya-
da va boshqa shunga o‘x-
shash turli ishlarda kishilar
uchun bu zarurdir».
Muhammad ibn Muso
al-Xorazmiy
Hali G‘arbda ko‘pchilik yer tekislikdan iborat, deb ishonib 
yurgan bir paytda, Xorazmiy sayyoramiz yumaloq shakl-
da ekanini isbotlagan.


169
Mulohaza uchun
Yevropalik olimlar bir ne-
cha asrlar davomida bar-
cha hisob-kitoblarning ta-
giga «diksit Algoritmi», ya’ni 
«Al-Xorazmiy shunday dey-
di», deb qo‘shib ketishni o‘z-
lariga sharaf deb bilishgan. 
Bu olimlarning hisob-ki-
toblarni aynan ulug‘ alloma
Xorazmiy ko‘rsatmalari aso-
sida o‘tkazganini bildiradi.
Alloma qadimiy Bobildan ma’lum bo‘l
-
gan birinchi va ikkinchi darajali tenglama
-
larni yechish usullarini bayon qilgan. Xorazmiy har bir 
holda tenglamani yechish qoidalari hamda ularning 
qat’iy isbotlarini keltiradi. Isbot garchi tashqi ko‘rinish
-
da geometrik tilda bayon qilinsa-da, mohiyatan hozirgi 
algebraik isbot bilan mos tushadi.
«Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalala
-
rini o‘z ichiga oluvchi «Al-jabr val-muqobala hisob haqi
-
da qisqacha kitob»ni ta’lif qildim, chunki meros taqsim 
qilishda, vasiyatnoma yozishda, mol taqsimlash da 
va adliya ishlarida, savdoda va harqanday bilimlarda 
va shuningdek, yer o‘lchashda, ariqlar o‘tkazishda, 
muhandislikda va boshqa shunga o‘xshash turlicha 
ishlarda kishilar uchun bu zarurdir», – deb yozgan 
Al-Xorazmiy.
«Al-jabr val-muqobala» algebra asoslari hamda al
-
gebrani amalda tatbiq etishga bag‘ishlangan mukammal 
darslik bo‘lgan.


170
Alloma Xorazmiy ko‘p-
lab hind qo‘lyozma asarla
-
rini o‘rganib chiqdi. 1 dan 9 gacha sa
-
noq tizimini tuzgan va 0 g‘oyasi ustida 
bosh qotirgan hind matematigi izlanish
-
lari ulug‘ alloma Xorazmiyga yaxshigina 
turtki bo‘ldi. Lekin 0 sonini son sifatida 
e’tirof etgan va hind sanoq tizimidan foy
-
dalanib, arab sanoq tizimiga asos solgan 
shaxs aynan ulug‘ alloma Muhammad 
ibn Muso al-Xorazmiy edi. O‘ziga za
-
mondosh bo‘lgan olimlarga hind sanoq 
tizimini tanishtirish va matematika ola
-
mi markaziga nol sonini joylashtirish o‘z 
davri matematikasi uchun inqilob bo‘ldi. 
Bu esa, avval ilojsiz bo‘lgan o‘ta mav
-
hum va murakkab matematik masalalar
-
ni hal qilish imkonini berdi. Shu kashfiyot-
ning o‘ziyoq Xorazmiyni barcha zamon 
va makonlarning eng buyuk matematik
-
lari qatorida turishiga kifoya qiladi. Lekin 
uning yana boshqa bir katta 
kashfiyoti borki, bu yangilik sa
-
babli matematikadan yangi bir 
soha ajrab chiqdi.
«Har gal mobil telefoningni qo‘l-
ga olganda, unutma, uning «ichi-
da» musulmon o‘zbek otaxon yashirin o‘tiradi!». 
Atoqli Britan jurnalisti Endryu Marr jahon tarixi 
haqida BBС telekanali uchun tayyorlagan tele-
ko‘rsatuvlardan birida Muhammad ibn Muso 
al-Xorazmiy haqida gapirib, xuddi ana shunday 
xitob qiladi, deya xabar beriladi xalqaro ommaviy 
axborot vositalarida.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin