47-48-mavzular:
MUHAMMAD IBN
MUSO AL-XORAZMIY
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy haqida
qanday ma’lumotlarga egasiz?
2. Al–Xorazmiy qanday buyuk kashfiyot qilgan?
3. Bu insonning tarix
oldidagi xizmati qanday
bo‘lgan?
Mulohaza uchun
Buyuk matematik, astronom va
geograf olim Abu Ja’far (Abu Ab
-
dulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy Xi
-
vada (783–850) tug‘ilgan. U algebra fanining
asoschisi sifatida ilm-fan tarixida yuksak nom
qozondi. «Algebra» so‘zining o‘zi uning «Al-
jabr val-muqobala» nomli risolasidan olingan.
Uning arifmetikaga oid risolasi hind raqamla
-
riga asoslangan bo‘lib, hozirgi kunda biz foy
-
dalanadigan o‘nlik hisoblash sistemasi va shu
sistemadagi amallarning Yevropada tarqalishi
-
ga sabab bo‘ldi. Olimning «al-Xorazmiy» nomi
esa, «algoritm» shaklida fanda abadiy o‘rna shib
qoldi.
Xorazmiyning aytishicha,
algebrada uch
xil son bilan ish ko‘riladi: ildiz (jizr) yoki
narsa (shay), kvadrat (mol) va oddiy son yoki dirham
(pul birligi).
Yana uning aytishicha, ildiz — o‘z-o‘ziga
ko‘paytiriladigan miqdor, kvadrat esa ildizni o‘ziga
ko‘paytirishdan hosil bo‘lgan kattalikdir. Xorazmiy
ish ko‘radigan tenglamalar
mana shu uch miqdor
orasidagi munosabatlardir.
Dostları ilə paylaş: