160
Ma’lumot uchun
Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Za
-
kariyya al-Xattob ibn Sharik
Narshaxiy
(899–959) — tarixchi olim.
Buxoroning Narshax qishlog‘ida tug‘ilgan. Somo
-
niylar saroyida kotiblik qilgan. Narshaxiy 943–944-yil
-
larda somoniylar amiri Nuh ibn Nasrga bag‘ishlagan
«Tahqiqi viloyati Buxoro» («Buxoro tarixi») nomli asa
-
rini arab tilida yozdi.
Narshaxiy yozgan «Buxoro tarixi»
kitobining bir necha bobi Buxoro
-
ning barpo etilishi,
qadimiy nomla
-
ri, qadimgi pod shohlariga bag‘ish
-
langan. Asarning maxsus bir bobi
Buxoro atrofidagi Karmana, Nur,
Tavois, Iskajkat, Sharg‘, Zanda
-
na, Vardona, Afshona, Barkat,
Romitan,
Varaxsha, Baykand
(Poykend), Forob va boshqa-
lar haqida ma’lumot beradi.
Kitobda Turonda arab xalifa
-
ligi hukmronligining o‘rnati
-
lishi, islom dinining yoyili shi va
Buxoroning arablar tomonidan egal
-
lab olinishi hamda xalifalikka qarshi kurash
-
lar batafsil hikoya qilinadi.
«Buxoro tarixi»da IX asrda Turonning arab xalifa
-
ligidan
ajralib chiqishi, Movarounnahr va Xurosonda
somoniylar hukmronligining o‘rnatilishi hamda Buxoro
-
ning iqtisodiy va madaniy hayoti tasvirlangan.
Asarda Buxoro shahrining darvozalari, ichki va
tashqi
devorlarining qurilishi, ark va shahristonning
bino qilinishi kabi shaharning tarixiy topografiyasiga
oid ma’lumotlar bo‘lib, ular mohirona hikoya qilinadi.
Bu asar butun Turonning ilk o‘rta asrlar tarixini o‘rga
-
nishda nodir manbadir.
O‘rgangani-
mizdan xulosa
chiqaramiz
1. «Tinchlik va barqarorlik
ilm-fan
taraqqiyotiga ijo-
biy ta’sir ko‘rsatadi», degan
iborani hayotiy misollar
asosida sharhlab bering.
2. Yurtimiz mutafakkirlarining
ilmiy
merosi jahon ilm-fani
rivojiga qanday ta’sir ko‘r-
satdi? Fikringizni asoslang.
3. Bugundan 1000 yil o‘tganda
odamlar sizni iliq so‘zlar va
iftihor bilan tilga olishlarini
faraz qiling.
Siz kelajakda o‘zingizdan
qanday ma’naviy meros
qoldirmoqchisiz?
Bilasizmi?
Afsuski, «Buxoro
tarixi»ning arab
tilida yozilgan asl nusxasi biz-
gacha yetib kelmagan. Kitob-
ning fors tiliga tarjima qilinib,
qariyb
uch asr davomida bir
necha bor tahrir, qisqartirish
va qo‘shimchalarni boshidan
kechirgan
nusxasi saqlanib
qolgan, xolos. «Buxoro tarixi»
Parijda fransuz, Buxoro va Teh-
ronda fors, Kembrijda ingliz,
Toshkentda rus va o‘zbek tilida,
Dushanbeda tojik tilida nashr
etilgan.