O‘zlari yuqoridagi ilmlar sohasida tadqiqotlar o‘tka
-
zib, fanni yangi g‘oyalar bilan boyitganlar.
Ular Gurganch madrasalarida yoshlarga ta’lim-tar
-
biya berib, iste’dodli shogirdlar tayyorlashga katta hissa
qo‘shdilar. Shuningdek, akademiyada Beruniyning as-
tronomiya, Abu Nasrning matematika, Abul Xayr Ham
-
morning kimyo maktablarida ham yoshlarga chuqur
bilim berildi. Bu davrga kelib Gurganj madrasalari va
yuqoridagi maktablar haqiqiy ilm-maskanlariga aylan
-
di. Ularda ta’lim olgan yoshlar keyinchalik Sharqning
mashhur allomalari bo‘lib yetishdilar.
Ma’mun akademiyasida yig‘ilgan olimlarning
aksariyati Muhammad Muso Xorazmiy asarlarining
sharhlovchilari yoki bu olimning biror fan sohasida
-
gi ilmiy an’analari davomchilari bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: