145
VIII–IX asrlarda musulmonlar orasida
Qur’on oyatlari va hadislarni noto‘g‘ri tu-
shungan toifalar paydo bo‘ldi. Ular goh Allohni insonga
o‘xshash tasvirlar, goh uning xususiyatlarini inkor etar,
payg‘ambarlar, Qur’oni karim sha’niga noloyiq fikrlarni
bildirar edi. Mana shunday sharoitda sunniylik yo‘nalishi
olimlari ayrim oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalariga bir qa
-
tor raddiyalar berganlar. Natijada Abu Mansur Moturidiy
(870–944) moturidiya ta’limotiga asos solgan.
Moturidiy sof diniy aqida doirasidan chiqmagan
holda aql-idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan
bilimning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Moturidiyga
ko‘ra, inson hayotiy imtihonlar uchun yaratilgan. Shu
bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli
o‘tish va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun keng imkoniyatlar
ham berilgan.
Inson o‘z xatti-harakatlarini tanlashda ixtiyorlidir.
Buyuk alloma o‘z qarashlari bilan hanafiylik ta’limoti
-
ning Turon xalqlari an’analari, urf-odatlari bilan cham
-
barchas bog‘liqligini ko‘rsatib berdi.
Eng e’tiborlisi, islom olamining aksariyat mintaqa
-
larida, Suriya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shi
-
moliy Afrika kabi mamlakatlarda moturidiylik ta’limoti
hozir ham oliy, o‘rta ta’lim tizimida va diniy o‘quv yurt
-
larida mustaqil fan sifatida o‘qitib kelinadi.
Ash’ariya ta’limoti.
Ushbu ta’limotga Abul Hasan
Ash’ariy (873–936) asos solgan. Imom Ash’ariy um
-
rining yarmini adashgan oqimlarga qarshi kurashga
bag‘ishlagan. Ash’ariya ta’limoti ham sunniylik aqida
-
siga muvofiq ta’limot hisoblanadi. Ushbu ta’limot ham,
asosan, mo‘taziliya, qadariya, jabariya
kabi adashgan guruhlarning aqidaviy
g‘oyalariga qarshi turgan. Ash’ariya
ta’limoti, asosan, Iroqda, so‘ngra sal
-
juqiylar hukmronligi davrida Xurosonda
rivojlangan.
Abu Mansur
Moturidiy maqbarasi.
Samarqand
Keyingi davrda
paydo bo‘lgan
«soxta salafiylik», «Hizbut
tahrir» kabi yo‘nalishlarni
fiqhiy mazhablarga teng-
lashtirib bo‘lmaydi. Chunki
ular shar’iy masalalarda o‘z
mustaqil yechimlarini ber-
gan tizimga ega emas. Ular-
ga noqonuniy diniy-siyosiy
harakat sifatida qarash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: