Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
Ma’lumot uchun
O‘zbek xalqining 
asosini sug‘diylar, 
baqtriylar, xoraz-
miylar, farg‘onaliklar, 
shoshliklar va sak-
massagetlar tashkil 
etgan.
Qang‘ davlati 
davrida “Qovunchi 
madaniyati” va 
O‘rta Osiyoning 
antropologik qiyofasi 
to‘liq shakllanadi.


Mulohaza uchun
O‘zbek 
xalqining 
tash kil topishi.
VIII asr
-
dan arab va boshqa xalqlarining O‘rta 
Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi et
-
nik jarayonlarga katta ta’sir etmagan. 
IX asrda Movarounnahr mintaqasida 
yaxlit turkiy etnik qatlam, turkiy til mu
-
hiti vujudga kela boshladi va o‘z nav
-
batida sug‘diylar va boshqa mahalliy 
etnoslarda ham turkiylashish jarayoni ja
-
dallashgan. Qoraxoniylar davrida Mova
-
rounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat 
turkiy sulolalarga o‘tishi munosabati bilan 
sodir bo‘lgan etnik jarayon o‘zbek xalqining 
shakllanishida yakuniy bosqich bo‘ldi. 
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
1. O‘zbeklar shakllangan mintaqalarni yozuvsiz xaritada bo‘yab chiqing. 
2. O‘zbek xalqining asosini qaysi etnik guruhlar tashkil etgan?
139
IX–XII asrlarda o‘zbek 
xalqi shakllandi. 
Uning asosini 
o‘lkamizda yashab 
kelgan ziroatkor va 
chorvador tub yerli 
aholi tashkil etdi.
Movarounnahr
da 
joylashgan aholi 
qadimdan ikki tilda: 
sug‘d va turk tillarida 
so‘zlashgan.


140
3 9 - 4 0 - m av z u l a r :
MINTAQADA ISLOM 
DININING YOYILISHI
Islom dinining Turonga kirib kelishi va tarqalishi bevosita arab istilo
-
lari va arablarning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq. Mintaqada yangi 
siyosiy kuchning paydo bo‘lishi oqibatida Turon ikki qismga bo‘lindi: 
1) Movarounnahr («Daryoning narigi tomoni»);
2) Arodi at-turk («Turklar yerlari», ya’ni arablarga bo‘ysunmagan hukmdorlar 
yerlari).
Islom dinining Turonda tarqalishiga qator omillar bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 
Abu Muslim qo‘zg‘oloni davrigacha islomdan oldingi davr hukmdorlari o‘z mavqela
-
rini saqlab turdilar. Ular mahalliy aholini boshqarish va ulardan arablar uchun soliq 
yig‘ish vazifalarini bajardilar. 
Arablar ko‘pgina imtiyozlarga ega edilar. Islom dinini qabul qilgan mahalliy aho
-
li ham jamiyatda arablar kabi imtiyozlarga ega bo‘lardi. Abu Hanifaning arab bo‘l
-
magan musulmonlarning teng huquqli ekanligi haqidagi g‘oyasi, ularning jamiyatda 
kamsitilishlariga qarshi sa’y-harakatining Turonda ham joriy etilishi mintaqada islom 
dinining keng tarqalishi uchun imkon yaratdi.
Islom dinining asosiy manbalaridan biri – hadislarning yig‘ilishida buyuk vatan
-
doshlarimiz Abu Abdulloh Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Imom Dorimiy
-
larning xizmatlari katta bo‘ldi. Shu tufayli ham islom dinining mintaqada yoyilishi 
tezlashdi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin