133
Sadr, dastur, xojayi buzurg kabi unvonlar
bilan siylangan vazir
har doim hukmdorning oldida yurgan, hukmdor safar va yurishlarga
chiqqanida ham uni tark etmagan. Rasmiy qabullar vaqtida vazirlar xorazmshohlar
-
ning o‘ng tomonidan o‘rin egallashgan.
«Nizom ul-mulk» unvoniga ega bo‘lgan vazirlar xonaga oliy hukmdordan boshqa
kim kirsa ham, hattoki u taxt vorisi bo‘lgan taqdirda ham, u bilan salomlashish uchun
o‘rnilaridan turishmagan. Vazirlik mansabining tilga olingan takomillashgan ko‘rini-
shi Otsiz hukmronligi davri bilan bog‘liqdir.
Chingizxon bosqini arafasida mazkur lavozim Alovuddin Muhammad tomonidan
bekor qilingan va oliy hukmdor qoshida olti vakildan iborat kengashga o‘xshagan
boshqaruv joriy etilgan. Barcha a’zolarning roziligi bilan ish ko‘rishi kerak bo‘lgan
ushbu kengashga davlat ahamiyatiga molik birorta ham
jiddiy qaror qabul qilish
nasib etmagan.
Yana bir muhim mansab – bu ulug‘ yoki buyuk hojib hisoblangan. Qoidaga ko‘ra,
turkiy aslzodalar vakiligina hojiblikka tayinlanishi mumkin bo‘lgan. Hojib hukmdor
-
ning aynan o‘ziga tegishli ishlari bo‘yicha
hisobot bergan,
rasmiy marosimlarga
amal qilinishini nazorat qilgan. Bir vaqtning o‘zida bir necha hojib faoliyat yurit gan.
Ular sultonlarning eng muhim topshiriqlarini bajarishgan
va ularga hamma joyda
hamrohlik qilishgan.
Saroy ishlari boshqaruvchisi sanalgan ustozdor lavozimi egasi otxonalar, oshxo
-
nalar, novvoyxonalar, chog‘ir saqlanadigan yerto‘lalarni nazorat qilgan, saroy xodim
-
lari faoliyati uchun to‘liq javobgar bo‘lgan. Sultonning shaxsiy otlari oxur amiri lavozimi
egasining tasarrufida bo‘lgan. Bundan tashqari, amir a’lam, choshnigir (oliy hukmdor
-
ga
beriladigan ovqat, ichimliklarni ta’tib ko‘ruvchi), davatdor (oliy hukmdor kotibi), far
-
rosh (oliy hukmdorga mo‘ljallangan o‘rin-ko‘rpa, gilam, chodir va shunga o‘xshashlar
uchun mas’ul xizmat boshlig‘i) kabi kichik mansablar ham mavjud bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: