Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

O‘rganganimizdan 
xulosa chiqaramiz
1. Qanday omillar sabab Xorazmshohlar davlati 
yuzaga keldi?
2. Xorazmshohlar hukmronligining o‘lka tarixiy 
jarayonlari tezlashuvidagi o‘rni qanday bo‘ldi?
3. Alovuddin Muhammadning yutuqlariga ni-
malar asos bo‘lgan deb o‘ylaysiz? Fikringizni 
asoslab, daftaringizga yozing.


36-37-mavzular:
XORAZMSHOHLAR 
DAVLAT BOSHQARUVI
VA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Xorazmshohlar davlatining iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy jihatdan 
barqarorlashuv davri qaysi hukmdor nomi bilan bog‘liq?
2. Qaysi davlat boshlig‘ining hukmronligi davrida tobe o‘lkalarda
xorazm shoh nomi bilan xutba o‘qitilgan va hatto uning nomidan tan-
galar zarb qildirilgan edi?
Ma’lumot uchun
Iroqdan Hindistongacha, Orol dengi
-
zi atroflaridan Arab dengizi sohillariga-
cha bo‘lgan yerlarda o‘z hukmronligini o‘rnatgan 
sulton Muhammad Xorazmshoh tez orada Sa-
marqandni o‘z poytaxti deya e’lon qildi.
Sulton onasi Turkon xotunga hech qachon qar
-
shi chiqmagan, uning gapini ikki qilmagan. Bu esa 
ko‘p hollarda onasi tomonidan Sulton Muhammad 
Xorazmshoh farmonlarining bekor qilinishiga sa
-
bab bo‘lgan. Bu holatni o‘sha davr tarixchisi An-Na
-
saviy quyidagicha izohlab, uni ikki sababga bog‘lab 
ko‘rsatgan edi: «birinchidan, onasining unga bo‘l
-
gan mehrini qadr lashi, ikkinchidan, mamlakatning 
barcha amirlari onasining urug‘idan ekanligi». 
Turkon xotun «Jahon hokimi» degan 
laqabga ega bo‘lib, uning shaxsiy muh
-
ri (tug‘ro)da: «Dunyo va uning pokdomoni, 
Ulug‘ Turkon, olam ayollarining malikasi» 
degan bitik yozilgan edi. Turkon xotun poy
-
taxt Gurganchda doimiy tarzda istiqomat qi
-
lar, o‘z saroyi, ulkan mulklariga ega edi.
El Arslon 
maqbarasi

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin