Otsiz o‘limidan so‘ng
taxtga chiqqan o‘g‘li El
Arslon ham mustaqil siyosat yurgizishga
harakat qildi.
El Arslon Movarounnahrda qoraxitoylar
bilan to‘qnashadi va qo‘li baland keladi. U
Nishopurni egallab, Ozarbayjonga harbiy
yurish uyushtiradi. Lekin El Arslonga ham
markazida Xorazm bo‘lgan, barcha tomo-
nidan tan olingan
qudratli siyosiy uyush-
maga asos solish nasib etmagan.
El Arslonning vafotidan so‘ng uning
o‘g‘illari Takash (1172–1200) va Sul-
tonshoh Mahmud o‘rtasida o‘zaro kurash
kechadi.
Faqat Sultonshoh Mahmud
vafotidan so‘nggina Takash yakka
hukm dor sifatida keng qamrovli siyosat
yuritish imkoniga ega bo‘ladi. Takash
G‘arbiy Eronning
ayrim qismini hamda
Kirmonni bo‘ysundiradi. Hukmronligi
so‘nggida u hatto Bag‘dodni – xalifalik
poytaxtini
zabt etishga ham shaylana-
di. Ammo yurish chog‘ida vafot etadi va
taxtga Alovuddin Muhammad (1200–
1220) chiqadi.
Alovuddin Muhammad Movaroun
-
nahrdan qoraxitoylarni haydab chiqa
-
radi. Bu voqea uning obro‘-e’tiborini
nihoyatda oshirib yuboradi. Ozarbayjon,
Eron, Xurosondan Hindistongacha bo‘l
-
gan yerlar
xorazmshohlar tasarrufiga
olinadi. Sulton Muhammadning asosiy
maqsadi Suriya, Kichik Osiyo va Misrni
ham bo‘ysundirish edi.
Dostları ilə paylaş: