Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy 
faoliyat
122
«Siyosatnoma» asarida davlat bosh-
qaruviga aloqador aksariyat qoida va qo
-
nunlar, usul va vositalar, turli darajadagi davlat idoralari 
haqida so‘z yuritiladi. Asarning asosiy gʻoyasi shundan 
iboratki, davlatni oqilona boshqarish, unda qatʼiy qoida 
va tartib oʻrnatishga, amaldorlarni vijdonli, pok, halol 
va iymonli boʻlishga, mamlakat obodonligi, uning ahli 
farovonligi, tinchlik va totuvligini taʼminlash uchun ha
-
rakat qilishga daʼvat qiladi.. Aynan davlat masalasi bu 
asarning asosiy g‘oyasini tashkil qiladi.
«Siyosatnoma» asari yaratilgan davrdan boshlab 
olimlar, tarixchilar, adiblar, eng asosiysi, shoh-u hokim
-
lar diqqatini o‘ziga tortib keladi. Bu asarni sultonlar va 
mansabdor shaxslar ko‘chirtirib olib, o‘z faoliyatlarida 
foydalanganlar. 
«Siyosatnoma»ning eng qadimgi nusxasi Erondagi 
Tebriz Milliy kutubxonasida saqlanadi.


123
Nima uchun lashkardagi bi-
ron-bir xizmatchining maoshi 
oshiriladigan yoki qisqartirila-
digan bo‘linsa, bu haqda, eng 
avvalo, moliya-soliq devoni 
bilan kelishib olinishi zarur 
bo‘lgan? Fikringizni asoslang.
Ijodiy 
faoliyat
Saljuqiy hukmdor Ahmad 
Sanjarning toj kiyish maro-
simi. Rashiduddinning «Jome 
at-tavorix» kitobidan, 1307-yil.
Nizomulmulk vazirlik davrida 
Bag‘dod, Basra, Isfahonda «Nizomiya» 
nomidagi madrasalar qurdiradi. Buyuk olim Abu Homid 
G‘azzoliy o‘z vaqtida Bag‘doddagi madrasada dars 
bergan.
Shuningdek, Nizomulmulk davrida taniqli astronom 
Umar Xayyom shamsiy taqvim – kalendarni isloh etish 
uchun tuzilgan ishchi guruhga rahbarlikka taklif qili-
nadi. Umar Xayyom bu ishni bajarib, devonning ilmiy 
va davlat ishlarida Nizomulmulk bilan birga faoliyat olib 
boradi. Biz Umar Xayyomni ko‘proq shoir, aniqrog‘i 
to‘rtliklar ustasi sifatida taniymiz. Aslida, u yetuk yul-
duzshunos, matematika tarixida sonlardan butun mus-
bat ildiz topishning umumiy qoidasini birinchi bo‘lib is-
botlab bergan olim edi. 
Ma’lumot uchun
1. Bir davrda yashagan shaxslarning tarixda o‘z izlarini qoldirishiga asosiy sa-
bab nimada deb o‘ylaysiz?
2. Bir davrda yashab ijod etgan yana qanday shaxslarni bilasiz? Ularning tarixdagi o‘rni va me-
rosining ahamiyati qanday bo‘lgan? 
3. Bu davrda qanday mashhur shaxslar va asarlar jahon davlatlari boshqaruviga ta’sir ko‘rsat-
gan edi?

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin