137
Mulohaza uchun
Qadimda mamlakatimiz hu-
dudida qanday qabilalar ya-
shagan?
Ular yashagan hu-
dudlarini xaritadan aniqlang.
Ijodiy
faoliyat
Ustyurt
Saklar
Sug‘d ortidagi
saklar
Massagetlar
Parfiy
aliklar
Ariylar
Mar
g‘iyonaliklar
Baqtriyaliklar
Sug‘diylar
Daxlar
Sagartiya
Dadiklar
Dadiklar
Saklar
Saklar
Saklar
Saklar
Qang‘
Qang‘
Farg‘ona
Farg‘ona
Araxosiya
Araxosiya
Xorazmiylar
Qizilqum
Qoraqum
KASPIY
DENGIZI
BALXASH
ISSIQKO‘L
Turonda qadimgi qabila va xalqlarning o‘rnashuvi
Bu hududda yashagan sug‘diylar, baqt
-
riylar, xorazmiylar, farg‘onaliklar, shosh
-
liklar, yarim chorvador qang‘lar, ko‘ch
-
manchi sak-massaget kabi etnik guruhlar
o‘zbek xalqining etnogene
-
zida ishtirpk etgan. Janubiy Sibir,
Oltoy, Yettisuv,
Sharqiy Turkiston
hamda Volga va Ural daryosi bo‘yla
-
ridan turli davrlarda Movarounnahrga
kirib kelgan etnik guruh ham bu jara
-
yonning ishtirokchilari bo‘lishgan. Yuqori
-
da nomlari keltirilgan etnoslar asosan tur
-
kiy va sharqiy eroniy tillarda so‘zlashganlar.
Etnik jarayon – kelib
chiqishi
bir-biriga
yaqin bo‘lgan turli
qabila va elatlarning
asrlar
davomida
qo‘shilib borishi.
138
Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida ya-
shagan qabila va elatlarning etnik jihat
-
dan aralashuv jarayoni natijasida o‘troq hayotga mos
-
lashgan turkiy hududiy maydon, o‘zbek xalqiga xos
antropologik qiyofa shakllanadi.
Qang‘ davlati davrida turkiyzabon etnoslar ustuvor
-
lik qilib, o‘ziga xos uyg‘unlashgan
madaniyat yuzaga
keladi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat «Qovun-
chi madaniyati» nomini olgan. Antropolog olimlarning
ta’kidlashlaricha, aynan shu davrlarga kelib, O‘rta
Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholi tashqi
qiyo falarida hozirgi o‘zbek va voha tojiklariga xos ant
-
ropologik qiyofasi to‘liq shakllanadi.
O‘zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi
etnik guruhlar – kushonlar, xioniylar, kidariylar va eftal
-
lar, turkiy qabilalar faol ta’sir ko‘rsatadi.
Turkiy elatlar va mahalliy o‘troq aholi o‘rtasidagi et
-
nik-madaniy munosabatlarning
rivoji natijasida turkiy
qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xo‘ja
-
lik an’analar bilan jadal uyg‘unlashuvi yuz berdi.
VII asr dan o‘lkamiz «Turkiston» nomi bilan atala bosh
-
langan.
Bilasizmi?
Xalqlarning kelib
chiqish tarixini
(etnogenezini)
va shakllanish
jarayonini o‘rganishda fanda
«etnos» (yunoncha «xalq») va
«etnik birlik» iboralari qo‘llani-
ladi.
1. 6-sinfda tarix fanidan olgan bilimlaringizga
asoslanib «qabila» atamasiga ta’rif bering.
2. Bir-birlari bilan qon-qarindoshlik munosabatida bo‘li-
shi hamda urug‘larga bo‘linishi xususiyatlari bilan keyin-
gi bosqich dagi etnik birlik (elat)dan
farq qiladigan guruh
nima deb ataladi?
Dostları ilə paylaş: