134
Poytaxt Urganch o‘z davrining buyuk, boy
va go‘zal shahri sanalgan. Urganch mohir hu
-
narmandlari bilan mashhur bo‘lgan, ayniqsa, temirchi
-
lar, duradgorlar o‘z ishining ustalari bo‘lishgan. Urgan
-
chlik o‘ymakor duradgorlar fil suyagi va obnus daraxti
yog‘ochidan ajoyib buyumlarni yasashgan. Shaharda
tabiiy shoyi mato ishlab chiqaradigan ustaxonalar bo‘l
-
gan.
Qurilish ishlarida esa majnuntol yog‘ochidan keng
foydalanilgan. Ushbu yog‘ochdan qurilgan inshootlar
yengil bo‘lgan va toshdan qurilgan binolarga qaragan-
da zilzilaga chidamli hisoblangan. Yo‘llar va karvonlar-
ni qo‘riqlash ishining oliy darajada tashkil etilgani ichki
va tashqi savdo aloqalarining rivojlanishida muhim rol
o‘ynagan. Urganch savdogarlari Bag‘dod, hattoki An-
dalusga qadar mahsulotlar olib borishgan. Urganch
mo‘g‘ullar tomonidan vayron etilguniga qadar aholi
unda juda zich yashagan.
Shaharda ko‘plab bozorlar mavjud bo‘lgan.
Bozordagi tartibni, asosan, muhtasib ushlab tur
-
gan. U mahsulotlarning sifatini, idishlarning to
-
zaligini, mahsulotlarning yangiligini, tarozi toshla
-
ri va uzunlik o‘lchovchi asboblarning to‘g‘riligini
nazorat qilgan. Xorazmning Ardaxushmisan,
Xivak, Darg‘an, Savakon, Govshfinj, Kot,
Nuzkot, Hazorasp kabi kichikroq shahar
-
larida ham hunarmandchilik rivojlan
-
gan va savdo-sotiq gullab-yashna
-
gan. Marv, Buxoro, Samarqand,
Ray, Nishopur kabi shaharlar
mamlakat siyosiy-iqtiso
-
diy va madaniy hayoti
-
da muhim o‘rin egal
-
lagan.
Dostları ilə paylaş: