Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Kumush
Temir
Temir
Neft
Qo‘rg‘oshin
Qo‘rg‘oshin
Mis
Mis
Marmar
Mis
Ohanga-
ron
114


115
Temirchilik, kulolchilik, shishasozlik, 
zargarlik, to‘qimachilik, ko‘nchilik, su
-
yaktaroshlik kabi o‘ttizdan ortiq sohalar 
rivojlanib borgan. Masalan, shishasozlikda shisha
-
dan ishlangan buyumlar (oshxona buyumlari, jihozla
-
ri, bezakli taqinchoqlar, siyohdon, tuvak va boshqalar)
ga turli rangda jilo berish urf bo‘lgan. Bundan tashqari, 
imoratlarni bezash, jihozlashda shishasozlikning imko
-
niyatlaridan keng foydalanilgan. 
Imoratlarga o‘rnatilgan deraza oynalari ham rang
-
siz, ham rangli bo‘lishi mumkin edi. Panjaralar oralig‘i
-
ga turli rangdagi shishalardan o‘rnatib, imorat ko‘rkini 
ochishga harakat qilingan.
Mulohaza uchun
Buxoro, Samarqandda paxtadan to‘qilgan turli xildagi gazlama-
lar mintaqada hamda xorijiy o‘lkalarda mashhur bo‘lgan. Ko‘n-
chilik mahsulotlaridan esa olmaxon, sobol va boshqa hayvon-
lar terisidan po‘stin (ichuq), charmdan ishlangan oyoq kiyimlari 
(izlik), tuya yo qo‘y yungidan to‘qilgan issiq kiyim (qars), guldor 
gilam, namatlar va boshqalar bo‘lgan. 


Sharqiy Turkistondan Xorazmgacha bo‘l
-
gan katta hududning siyosiy jihatdan birlashi-
shi savdo-sotiq ishlarida mintaqaning sharqiy 
viloyatlari imkoniyatlarining rivojlanishiga sharoit yara-
tib berdi. Chunonchi, biz bugun «ipak yo‘li» deb bila
-
digan savdo yo‘li to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sharqiy Turkistonni 
arab o‘lkalari bilan tutashtirib turgan. O‘z davrida shimo
-
liy va janubiy yo‘nalishlarga ega bo‘lgan bu yo‘lning bir 
uchi Xitoydan boshlanib Sharqiy Turkiston, Farg‘ona, 
Toshkent, Zarafshon vodiysi, Buxoro orqali shimolda 
Volgadan o‘tib Sharqiy Yevropagacha, janubda esa 
O‘rta Sharq orqali O‘rta dengizgacha borgan. Yo‘l uzra 
joylashgan shahar va qishloqlardagi ko‘rkam va orasta 
bozorlar va karvonsaroylar savdogarlarga xizmat ko‘r
-
satardi, shu bilan birga bundan foyda ko‘radigan bosh-
qa xizmatlar ham keng rivojlangan. Muntazam ravish da 
turli yerlarda savdo ko‘rgazmalari uyushtirilib turilgan.
Buxoroda Minorai kalon, qator masjidlar, Surxon-
daryoda Jarqo‘rg‘on minorasi, Vobkentda masjid va 
minora, O‘zgandda maqbaralar, minora, masjidlar, Sa
-
marqandda madrasalar bunyod etilgan. 
Qoraxoniylar sulolasi o‘z faoliyati davomida min
-
taqaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyo
-
tiga munosib hissa qo‘shgan.
Jarqo‘rg‘on minorasi
Minorai kalon

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin