Bilasizmi?
Yusuf
Xos Hojib va
Mahmud Qosh-
g‘ariyga qoraxoniylar tomoni-
dan «xos hojib» unvoni berilgan.
XI asrning uchinchi choragida qoraxo
-
niylar siyosiy birligi ikkiga: g‘arbiy (Sa
-
marqand, Buxoro, Xuttalon, Chag‘oniyon) va sharqiy
(Yettisuv, Sharqiy Turkiston) xoqonliklarga bo‘linib ke
-
tadi. Qoraxoniylarning
Movarounnahrga hukmronlik
qilgan vakillari markazga bo‘ysunishdan bosh tortib,
mustaqil siyosat yurgiza boshlaganlar.
G‘arbiy xoqonlikda somoniylar davrida mavjud bo‘l
-
gan boshqaruv tizimi (bosh vazir, moliya ishlari, davlat
rasmiy hujjatlarini ishlab chiqish, soqchilar boshlig‘i,
xat-xabarlar, saroy ish boshqaruvchisi, muhtasib, vaqf
-
lar, qozilik ishlari devonlari) saqlanib qolgan. Shuning
-
dek, viloyat boshliqlarini hokim, shahar boshlig‘ini rais,
deb atash odati ham o‘zgarmay qolgan.
Qoraxoniyar davrida ham markazdagi (dargohda
-
gi) boshqaruv tizimiga katta e’tibor berilgan. Bunda
dargoh, ya’ni
oliy hukmdor bilan viloyatlar, fuqarolar
o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirib turuvchi ho
-
jiblar faoliyati alohida o‘rin tutgan. Somoniylardan farq
-
li ravishda qoraxoniylar davrida hojiblar, asosan, oliy
hukmdor, viloyat hokimlarining davlat va raiyat ishlari
bo‘yicha eng yaqin maslahatchilari hisoblanganlar.
Dostları ilə paylaş: