Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Mulohaza uchun
Ma’lumot uchun
Qoraxoniylar davlati
Navoiy shahri yaqinidagi
Raboti Malik karvonsaroyi. 
Qoraxoniylar davri
Qoraxoniylar 
maqbarasi
112
G‘arbiy
Samarqand
Yettisuv
Buxoro
Sharqiy 
Turkiston
Xuttalon
Chag‘oniyon
Choch­Iloq
Sharqiy


Mulohaza uchun
Ma’lumot uchun
Tashqi siyosat bilan 
shug‘ullanuvchi mansabdor-
larga, xususan, elchilar oldiga 
juda katta talablar qo‘yilgan, 
ya’ni ular bilimli, o‘quvli, yetuk, 
sheryurak, ko‘zi to‘q, uyat-an-
dishali bo‘lishlari kerak bo‘lgan. 
Talablar ichida shundaylari ham 
bor: astronomiya, matematika
geodeziya ilmlarini mukammal 
bilish, shaxmat va nardni raqib-
laridan ustun darajada o‘ynash, 
harbiy san’atda benazir bo‘lish 
va hech qachon may ichmaslik, 
so‘z, iboralarning to‘g‘ri va ko‘ch-
ma ma’nolarini puxta bilish.
Yusuf Xos Hojib
«Qutadg‘u bilig» 
Dargoh faoliyatini tegishli darajada 
tutib turishda saroy ishlari boshqaruv-
chisi, mehmonlarni qabul qilish xizmati (uning boshlig‘i 
«Biruk» deb atalgan), xazinachi (ag‘ichi), oshxona mu
-
tasaddisi (oshchi), sharbatdor, yotoq, kiyim-kechak bi
-
lan ta’minlovchi, ov uyushtirish (qushchi) kabi ma’muriy 
xizmatlar faoliyat ko‘rsatgan. Oliy hukmdorning xavf
-
sizligini ta’minlash, uning siyosati yo‘lida sodiqona xiz
-
mat qilish vazifasi bo‘lgan maxsus saralangan harbiy 
qism ham dargoh bosh qaruv tizimiga kirgan. Albatta, 
maxsus qismdan tashqari, harbiy qo‘shin ham mavjud 
edi. Undagi eng muhim lash karboshilik va bosh qaruv 
mansablariga qoraxoniylar sulolasi vakillari hamda so
-
diq lashkarboshilar tayinlangan. Yirik lashkarboshilar
-
dan tash qari kichik zobitlar (chovush), otliqlar sardori 
(haylbo shi), yuzboshi, mingboshi kabi harbiy mansab
-
lar ham mavjud bo‘lgan.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig» asaridan 
olingan matnni diqqat bilan o‘qing va quyidagi 
savollarga javob bering:
1. Nima uchun elchilar «bilimli, o‘quvli, yetuk, sheryurak, ko‘zi 
to‘q, uyat-andishali» bo‘lishlari haqida talab qo‘yilmoqda?
2. «Astronomiya, matematika, geodeziya ilmlarini mukammal 
bilish, shaxmat va nardni raqiblaridan ustun darajada o‘y-
nash, harbiy san’atda benazir bo‘lish va hech qachon may 
ichmaslik, so‘z, iboralarning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarini 
puxta bilish» elchilarga nima uchun kerak? 
3. Bu talablarning bugungi kundagi dolzarbligi qanday? Siz 
yana qanday talablarni kiritgan bo‘lardingiz va nima uchun? 
Fikringizni misollar bilan asoslang.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin