Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


  Qon nimalarga asosan guruhlarga bo‘linadi? 2



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

1. 
Qon nimalarga asosan guruhlarga bo‘linadi?
2.
Rezus omili nima?
3.
Gemolitik kasallikning sababi nima?


39
Ø
Ø
Ø
Ø
Ø
14-§. Immunitet
Yuqumli kasalliklar, mikroblar va viruslar, asr vabosi
Odam organizmiga kasallik qo‘zg‘atuvchi
turli (patogen) mikroblar, viruslar, zam-
burug‘lar va boshqalar kirishi (yuqishi)
natijasida yuzaga keladigan kasalliklar
yuqumli kasalliklar
deb ataladi. Yuqumli
kasalliklarni mikroblar qo‘zg‘atishi fransuz
olimi Lui Paster (1822—1895) tomonidan
aniqlangan. Hozir mikroblarning 1500 ga
yaqin, viruslarning 100 dan ortiq turlari
ma’lum. Ular tuproqda, suvda, havoda
keng tarqalgan bo‘lib, ko‘p turlari ma’lum
sharoitda odamda har xil yuqumli kasal-
liklarni qo‘zg‘atadi.
Organizmning himoyalanish xususi-
yatlari.
Odam organizmi mikroblar, viruslar va kasallik qo‘zg‘a-
tuvchi boshqa parazitlardan o‘zini himoya qilish xususiyatiga ega.
O‘zini himoya qilish usullari bir necha xil bo‘lib, ular quyidagilardan
iborat. Organizm o‘zini himoya qilishining b i r i n c h i b o s q i c h i
teri, burun, nafas yo‘llari, ovqat hazm qilish organlarining ichki
shilliq pardasi hisoblanadi.
Organizm himoyalanishining i k k i n c h i b o s q i c h i d a qon-
ning leykotsitlari (oq qon tanachalari) xizmat qiladi.
Organizmning yuqumli kasalliklardan himoyalanishining
u c h i n c h i b o s q i c h i antitelolar va antitoksinlar ishlab chi-
qarilishi hisoblanadi. 
Antitelolar
organizmga kirgan mikroblarni bir-
biriga yopishtirib, eritib yuboradi. 
Antitoksinlar
esa mikroblar
ajratadigan zaharli moddalarni parchalab neytrallaydi. Odam orga-
nizmining antitelo va antitoksinlar ishlab chiqarish va ular orqali
yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroblarga qarshi kurashish,
o‘zini himoya qilish xususiyati 
immunitet
deb ataladi.
Immunitet ikki xil, ya’ni tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi.
Òug‘ma immunitet
onadan bolaga o‘tadi. Lekin u doimiy bo‘lmaydi
va bolaning birinchi yoshidayoq o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ilya Ilich Mechnikov
(1845—1916).


40
Odamning hayoti davomida 
orttirilgan,
ya’ni uning o‘z orga-
nizmida hosil qilingan immunitet (antitelo va antitoksinlar), o‘z
navbatida, ikki xil bo‘ladi: tabiiy va sun’iy immunitet.
Òabiiy immunitet
odam biror yuqumli kasallik bilan kasalla-
nib tuzalishi natijasida hosil bo‘ladi.
Sun’iy immunitet
sog‘lom odamni emlash natijasida uning
organizmida hosil qilinadi. Emlash uchun maxsus laboratoriya-
larda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar va viruslarni kuchsizlanti-
rish yo‘li bilan vaksinalar tayyorlanadi. Tabiiy va sun’iy immunitet
organizmning o‘zida ishlab chiqariladi, shuning uchun ular 
faol
immunitet
deb ataladi. Bulardan tashqari
passiv immunitet
ham
bo‘ladi. Emlash yo‘li bilan ba’zi sog‘lom donorlarda ayrim kasal-
liklarni qo‘zg‘atuvchi mikroblar va ularning zaharli moddalariga
qarshi immunitet hosil qilinadi.
Donorlarning qoni, qon zardobi tarkibidagi tayyor holdagi
antitelo va antitoksinlar, shuningdek, gammoglobulin boshqa odam
organizmiga yuborilsa, uning uchun bu passiv immunitet bo‘lib
hisoblanadi.
Mashhur rus olimi I. I. Mechnikov Rossiyada birinchi bo‘lib
quturish, kuydirgi va boshqa kasalliklarning oldini olish uchun
vaksina va qon zardoblarini tayyorlab qo‘llagan.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin