Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

Qonning ivishi.
Qonning ivishi — organizmning muhim himoya
reaksiyasi hisoblanadi. Qonning bu xossasi turli jarohatlanishlarda
28- rasm. Yallig‘lanish:
1
—teriga kirib qolgan zirapcha;
2
—qon tomiri; 
3
—leykotsitlar;
4
—yiring.
1
4
3
2


37
organizmni ortiqcha qon yo‘qotishdan saqlaydi. Qonning ivish
xossasi o‘zgarsa, ozgina jarohatlanish ham odam sog‘lig‘iga katta
xavf tug‘diradi, chunki organizm ko‘p qon yo‘qotishi mumkin.
Sog‘lom odamda qon 3—4 minut ichida iviydi. Ba’zi odamlar
qon plazmasining tarkibida qonning ivishida muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan biologik modda — antigemofil omil yetarli bo‘lmaydi. Bu
kasallik 
gemofiliya
deb atalib, u nasldan naslga, ya’ni ota-onadan
bolaga o‘tadi. Bunday odamlarda qon ivishi buziladi, natijada
bexosdan burundan qon kelishi, salgina jarohat tufayli ko‘p qon
yo‘qotishi mumkin. Bundan tashqari, trombotsitlarning soni ka-
mayganda, ovqat tarkibida Ca ionlari, K vitaminining miqdori
yetishmay qolganda ham qonning ivish xossasi kamayadi.
1. 
Qon plazmasi tarkibiga qanday moddalar kiradi?
2.
Eritrotsitlar qanday funksiyani bajaradi?
3.
Leykotsitlar qanday funksiyani bajaradi va ularning qanday turlari
bor?
4.
Qonning ivishi qanday ahamiyatga ega?
13- §. Qon guruhlari
1901- yili K. Landshteyner, 1907- yili Y. Yanskiy qonning
eritrotsitlari tarkibida agglutinogen, plazmasi tarkibida agglutinin
moddalari bo‘lishini aniqladilar. Bu moddalar agglutinogen 
A
va
B
, agglutinin 
α
va 
β
dan iborat. Binobarin, bitta odam qonining
eritrotsitlari va plazmasida agglutinogen 
A
va agglutinin 
α
yoki
agglutinogen 
B
va agglutinin 
β 
bo‘lmasligi kerak. Normada
agglutinogen 
A
va agglutinin 
β
yoki agglutinogen 
B
va agglutinin 
α
bo‘lishi mumkin. Agglutinogen 
A
va 
B
bo‘lgan qonda agglutininlar
umuman bo‘lmaydi. Aksincha, agglutinin 
α
 
va 
β
 
bo‘lgan qonda
agglutinogenlar umuman bo‘lmaydi. Ana shunga ko‘ra, barcha
odamlar qoni to‘rt guruhga bo‘linadi.
I g u r u h
— 
eritrotsitlarda agglutinogen umuman bo‘lmaydi,
plazmada agglutinin 
α
 
va 
β
bo‘ladi.
II g u r u h — eritrotsitlarda agglutinogen 
A
, plazmada agglu-
tinin 
β
 
bo‘ladi.
III g u r u h — eritrotsitlarda agglutinogen 
B
, plazmada agglu-
tinin 
α
 
bo‘ladi.
IV g u r u h — eritrotsitlarda agglutinogen 
A
va 
B
bo‘lib, plaz-
mada agglutinin umuman bo‘lmaydi.


38
K. Landshteyner va boshqalar 1940- yilda eritrotsitlarda rezus
omil, antigen borligini aniqlaganlar. Rezus omil avloddan avlodga
irsiy o‘tadi. Rezus omilning bor yoki yo‘qligiga ko‘ra, rezus musbat
va rezus manfiy odamlar bo‘ladi. Rezus omil odam hayoti davomida
o‘zgarmaydi. Agar ona rezus manfiy, homila rezus musbat bo‘lsa,
ularning rezus omili mos bo‘lmaganligi tufayli bolada gemolitik
kasallik yuzaga keladi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin