34
Ø
Ø
Ø
Ø
Ø
12-§. Qonning tarkibi va shaklli elementlari
Shaklli elementlar, plazma
Probirkaga bir tomchi
geparin moddasini tomizib, ustiga 2—3 ml
qon quyib, sentrifugada bir necha minut davomida aylantirilsa, u
ikki qismga: ustki qismida rangsiz qon plazmasiga,
pastki qismida
esa qonning qizil rangdagi quyuq qismi — shaklli elementlariga
ajraladi (26- rasm).
Qon plazmasi.
Qon plazmasi tarkibida
oqsillar, yog‘lar, ugle-
vodlar,
mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelolar bo‘ladi.
Plazma tarkibida o‘rtacha 90—92 % suv, 7—8 % oqsillar, 0,9 %
tuzlar, 0,1 % glukoza, 0,8 % yog‘ bo‘ladi.
Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujayralarga
o‘tadi va o‘zlashtiriladi. Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda
hosil bo‘lgan qoldiq moddalar qonga o‘tib,
ayirish organlariga
yetkaziladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Plazma tarkibidagi vi-
taminlar, fermentlar, gormonlar hujayralarda
moddalar almashi-
nuvi jarayoni normal o‘tishida va antitelolar organizmni yuqumli
kasalliklardan himoya qilishida muhim ahamiyatga ega. Shuning
uchun ham qon yoki undan
tayyorlangan plazma davolash
maqsadida qo‘llaniladi.
Qonning shaklli elementlariga eritrotsitlar, leykotsitlar va
trombotsitlar kiradi (27- rasm).
Ular qonning quyuq qismini
tashkil etadi.
Eritrotsitlar (qizil qon tanachalari).
Eritrotsitlar suyaklarning
ko‘mik qismida hosil bo‘ladi. Yetil-
magan
yosh eritrotsitlarda boshqa
hujayralardagi singari yadro bo‘ladi.
Yetilgan eritrotsitlarda yadro yo‘-
Dostları ilə paylaş: