Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


-§. Organizmning ichki muhiti



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

11-§. Organizmning ichki muhiti
Qon va uning funksiyasi
Qon haqida fikr yuritishdan oldin organizmning ichki muhiti
haqida tushunchaga ega bo‘lish zarur. Qon organizm ichki muhitining
bir qismi hisoblanadi. Organizmning ichki muhitiga hujayra ichidagi
va hujayra tashqarisidagi suyuqlik kiradi. Hujayra tashqarisidagi
suyuqlik, o‘z navbatida, hujayralararo va tomirlar ichidagi (qon
va limfa) suyuqliklarga bo‘linadi.
Qon hujayra tashqarisidagi suyuqlikning tarkibiy qismi bo‘lib,
uning miqdori tana massasining o‘rtacha 7% ini tashkil qiladi.
Organizmning ichki muhiti, suyuqliklarning miqdori, kimyo-
viy tarkibi, osmotik bosimi va barcha fizik-kimyoviy xususiyatlari
nisbiy doimiydir. Bu nisbiy doimiylik xususiyati 
gomeostaz
deb
atalib, u hujayralar va to‘qimalarning normal ish faoliyati uchun
qulay sharoit hisoblanadi.
Biror organning ish faoliyati buzilsa (kasallik tufayli), ichki mu-
hitning nisbiy doimiyligi ham buziladi. Masalan, oshqozon-ichak,
jigar, buyrak kasalliklarida ichki muhitning doimiyligi buziladi. Natijada
hujayra ichidagi, hujayra oralig‘i va qon suyuqligining miqdori hamda
kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Bu esa, o‘z navbatida, barcha organlarning
ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, kasallik belgilari yana ham ku-
chayishiga sabab bo‘ladi. Ichki muhitning o‘zgarishiga tashqi muhit
sharoiti ham ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, O‘rta Osiyoning issiq iqlim
sharoitida yoz oylarida ko‘p terlash, nafasning tezlashuvi natijasida
organizm ko‘p suyuqlik yo‘qotadi. Bu esa hujayra ichidagi, hujay-
ralararo va qon suyuqliklari miqdorining kamayishiga, ularning
kimyoviy tarkibi o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun suvga biroz tuz qo‘shilsa yoki mineral suv
iste’mol qilinsa, ichki muhit suyuqliklarining miqdori o‘zgarmaydi.
Shuningdek, suv tarkibining doimiyligi ham saqlanadi.
Qon quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
1. Qonning tashuvchilik vazifasi.
Oshqozon-ichaklarda hazm
bo‘lgan oziq moddalar (oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuz-
lar, vitaminlar, suv) qon va limfa tomirlariga so‘rilib, qon orqali

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin