63
5- laboratoriya mashg‘uloti
1. Ko‘krak qafasining harakatini kuzatish
Z a r u r a s b o b v a j i h o z l a r :
santimetrli o‘lchov tasmasi,
sekundomerli soat.
I s h n i b a j a r i s h t a r t i b i
1.
Bir o‘quvchi tekshiriluvchi sifatida olinadi
va u belidan yuqori ustki
kiyimini yechib stulga o‘tiradi.
2.
Tekshiruvchi (o‘qituvchi yoki o‘quvchi) tekshiriluvchi normal nafas
olayotganida ko‘krak qafasining harakatini kuzatadi.
3.
Ko‘krak qafasi va qorinning nafas
olishdagi harakatiga qarab, soatning
sekundomeri yordamida bir minutda nafas olish soni aniqlanadi.
4.
Nafas olganda va chiqarganda ko‘krak qafasi aylanasining o‘zgarishi
quyidagicha aniqlanadi: tekshiriluvchi tik
holatda normal nafas olganida,
ko‘krak qafasining aylanasi santimetrli o‘lchov tasmasi bilan o‘lchanadi
(buning uchun tasmaning yuqorigi qirrasi orqa tomonidan kurakning ostiga,
oldingi tomonidan ko‘krak bezining ostiga qo‘yiladi). So‘ngra
chuqur nafas
olganda ko‘krak qafasining aylanasi o‘lchanadi; undan keyin chuqur nafas
chiqarganda ko‘krak qafasining aylanasi o‘lchanadi.
Tajriba natijalarini o‘quvchilar daftarlariga yozib oladilar.
2. Nafas bilan chiqariladigan havo tarkibidagi karbonat angidrid
(CO
2
)ni aniqlash
Z a r u r a s b o b v a j i h o z l a r :
ikkita
toza probirka, nay, paxta,
distillangan suv, ohakli suv (oldindan bir stakan suvga ozroq ohakni
eritib tayyorlab qo‘yiladi).
I s h n i b a j a r i s h t a r t i b i
Dostları ilə paylaş: