65
operatsiya yo‘li bilan me’daga fistula, ya’ni zanglamaydigan
metalldan yasalgan naycha o‘rnatish usulini qo‘lladi (38- rasm).
I. P. Pavlov me’daning shira ajratishini o‘rganish
usulini yuqori
darajada takomillashtirdi. U me’da shirasini toza holda olish maqsadida
soxta ovqatlantirish operatsiyasini yaratdi. Buning uchun u
operatsiya yo‘li bilan me’daga fistula o‘rnatdi
va unga ovqat tushib
shiraga aralashmasligi uchun qizilo‘ngachni kesib, uning ikkala
uchini itning bo‘ynidan tashqariga chiqarib, terisiga tikib qo‘ydi.
Natijada it ovqatlanganda uning og‘iz bo‘shlig‘idagi ta’m
biluvchi
retseptorlar orqali miyaning ovqatlanish nerv markazlari
qo‘zg‘alib, refleks yo‘li bilan me’dadan ajralgan shira fistula orqali
idishga yig‘ib olinadi.
Uning tarkibi, miqdori o‘rganiladi. Ovqat
qizilo‘ngach orqali tashqariga chiqadi, ya’ni u me’daga tushmaydi.
39- rasm. I. P. Pavlovning „kichik me’da“ hosil qilish usuli.
40- rasm. I. P. Pavlovning so‘lak bezlariga fistula qo‘yish usuli.
5 — B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
66
I. P. Pavlov bu usulni yana ham takomillashtirib,
operatsiya
yo‘li bilan itning me’dasida „kichik me’da“ hosil qilish usulini
yaratdi (39- rasm). Shuningdek, u operatsiya yo‘li bilan jag‘osti,
quloqoldi bezlariga ham fistula o‘rnatib,
ulardan ajraladigan
so‘lakning miqdori va tarkibini o‘rganish usullarini ishlab chiqdi
(40- rasm). Pavlovning xizmati shundaki,
u ovqat hazm qilish
organlari vazifasini faqat
shartsiz reflekslar
hosil qilish yo‘li bilan
emas,
balki
shartli reflekslar
hosil qilish yo‘li bilan ham o‘rgandi.
Hozirgi davrda ovqat hazm qilish organlarining ishini o‘rga-
nishda zondlash, rentgenoskopiya,
ultratovushlardan ham foy-
dalanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: