Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


I. P. Pavlovning ovqat hazm qilish organlari funksiyasini



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

I. P. Pavlovning ovqat hazm qilish organlari funksiyasini
o‘rganishining ahamiyati.
1842- yilda moskvalik jarroh V. A. Basov
birinchi bo‘lib me’daning shira ajratishini o‘rganish uchun itlarda
À
B


65
operatsiya yo‘li bilan me’daga fistula, ya’ni zanglamaydigan
metalldan yasalgan naycha o‘rnatish usulini qo‘lladi (38- rasm).
I. P. Pavlov me’daning shira ajratishini o‘rganish usulini yuqori
darajada takomillashtirdi. U me’da shirasini toza holda olish maqsadida
soxta ovqatlantirish operatsiyasini yaratdi. Buning uchun u
operatsiya yo‘li bilan me’daga fistula o‘rnatdi va unga ovqat tushib
shiraga aralashmasligi uchun qizilo‘ngachni kesib, uning ikkala
uchini itning bo‘ynidan tashqariga chiqarib, terisiga tikib qo‘ydi.
Natijada it ovqatlanganda uning og‘iz bo‘shlig‘idagi ta’m biluvchi
retseptorlar orqali miyaning ovqatlanish nerv markazlari
qo‘zg‘alib, refleks yo‘li bilan me’dadan ajralgan shira fistula orqali
idishga yig‘ib olinadi. Uning tarkibi, miqdori o‘rganiladi. Ovqat
qizilo‘ngach orqali tashqariga chiqadi, ya’ni u me’daga tushmaydi.
39- rasm. I. P. Pavlovning „kichik me’da“ hosil qilish usuli.
40- rasm. I. P. Pavlovning so‘lak bezlariga fistula qo‘yish usuli.
5 — B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


66
I. P. Pavlov bu usulni yana ham takomillashtirib, operatsiya
yo‘li bilan itning me’dasida „kichik me’da“ hosil qilish usulini
yaratdi (39- rasm). Shuningdek, u operatsiya yo‘li bilan jag‘osti,
quloqoldi bezlariga ham fistula o‘rnatib, ulardan ajraladigan
so‘lakning miqdori va tarkibini o‘rganish usullarini ishlab chiqdi
(40- rasm). Pavlovning xizmati shundaki, u ovqat hazm qilish
organlari vazifasini faqat 
shartsiz reflekslar
hosil qilish yo‘li bilan
emas, balki 
shartli reflekslar 
hosil qilish yo‘li bilan ham o‘rgandi.
Hozirgi davrda ovqat hazm qilish organlarining ishini o‘rga-
nishda zondlash, rentgenoskopiya, ultratovushlardan ham foy-
dalanilmoqda.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin