Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


- §. Sun’iy nafas oldirish



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

22- §. Sun’iy nafas oldirish
Ø
Umumiy nafas olish organlarining kasalliklari
Odam shikastlanganda, suvga cho‘kkanda va boshqa og‘ir ka-
salliklarda miyadagi nafas markazining ishi buzilib, nafas to‘xtab
qolishi mumkin. Bunday vaqtda bemorga yordam berish maqsadida
sun’iy nafas oldiriladi.
Sun’iy nafas oldirish ikki usulda: „og‘izdan og‘izga“ yoki „og‘izdan
burunga“ usulida amalga oshiriladi. Birinchi usul quyidagicha bajariladi.
1. Bemor tekis joyga chalqancha yotqiziladi. Uning og‘zidagi
ko‘pik rezina balloncha yordamida so‘rib olinadi yoki barmoqqa bint
o‘rab artib olinadi (37- rasm,1).
2. Bemorning yelkasi tagiga yupqa yostiq qo‘yiladi. So‘ngra yor-
dam beruvchi odam bir qo‘li bilan bemorning bo‘ynini orqa tomo-
nidan, ikkinchi qo‘li bilan boshining tepa qismidan ushlab, bo-
shini orqa tomonga egadi. Uning tili orqa tomonga ketib, burun-
halqumini yopib qo‘ymasligi uchun u biroz oldinga tortiladi va
kuzatib turiladi (37- rasm, 
2
).
3. Bemorning og‘ziga ikki qavat bint yopiladi. Yordam beruvchi
yon tomonga o‘tirib, bir qo‘lini uning bo‘ynini orqa tomonidan
o‘tkazib, ikkinchi qo‘li bilan burnini qisadi. O‘zi chuqur nafas
olib, labini bemor labiga qo‘yib, bint orqali uning og‘ziga bor kuchi
bilan puflaydi. Shundan keyin bemorning burnini qisishni
to‘xtatadi. Shu vaqtda bemorning ko‘kragi biroz shishsa, puflangan
havo uning o‘pkasiga borgan bo‘ladi. So‘ngra yordam beruvchi ikki
qo‘lining kaftini bemor ko‘kragining ikki tomoniga qo‘yib bosadi.
Shu vaqt uning o‘pkasidagi havo tashqariga chiqadi. So‘ngra be-
morning burnini yana qisib, og‘zini og‘ziga qo‘yib puflashni tak-
rorlaydi. Puflash har 4—5 sekundda takrorlanadi, ya’ni bir mi-
nutda 12—15 marta puflanadi va ko‘kragini bosib nafas chiqariladi.
Agar bemorning yuragi ishlab turgan bo‘lsa, to uning o‘zi nafas ola
boshlaguncha sun’iy nafas oldirish davom ettiriladi (37- rasm, 
3
).
Izoh.
Bemorning labi yara va tishlari qonagan bo‘lsa u og‘izdan burunga
usulida sun’iy nafas oldiriladi. Buning uchun bemorning burniga bint
yoki ro‘molcha yopib, yordam beruvchi uning burniga puflaydi. Bir
qo‘li bilan bemorning pastki jag‘ini ko‘tarib, uning og‘zini yopib
turadi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin