Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Òurli muhit sharoitida nafas olish



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

Òurli muhit sharoitida nafas olish
Atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniga teng bo‘lganida, odam
organizmidagi barcha fiziologik jarayonlar, jumladan, nafas olish
jarayoni ham normal o‘tadi. Havo bosimining pasayishi yoki ko‘tari-
lishi nafas olish jarayoniga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Atmosfera bosimi past bo‘lganda, ya’ni baland tog‘lar ustida, sa-
molyotda yuqoriga ko‘tarilganda havo tarkibida kislorod kamayadi.
Bunday sharoitda organizmda kislorod yetishmasligi tufayli
(giðoksiya) odamda tog‘ kasalligining belgilari yuzaga keladi: nafas
olish va yurak urishi tezlashadi, bosh og‘riydi, ko‘z tinadi, ko‘ngil
ayniydi. Agar bunda zarur miqdorda kislorod yetkazib berilmasa,
u hushini yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun ham samolyotda
uchganda havoga kislorod qo‘shib beriladi. Òog‘li joylarda yashovchi
odamlar shu sharoitga moslashgan bo‘ladi. Ularning qonida
eritrotsitlarning soni ko‘payadi, bu esa, havodagi kislorodni ko‘p-
roq miqdorda o‘zlashtirishga yordam beradi. Normal atmosfera bosimi
sharoitida yashaydigan odamlarning tog‘li joylarga borish zaruriyati
tug‘ilganda, ular balandlikka birdaniga emas, balki asta-sekin,
organizmini moslashtirgan holda ko‘tarilishi kerak. Shunda tog‘
kasalligining oldini olish mumkin.
Yuqori atmosfera bosimi sharoitida, ya’ni suv ostida, chuqur
g‘orlarda odam qoni tarkibida, to‘qima va hujayra suyuqliklarida
erigan gazlarning miqdori ko‘payadi. Ayniqsa, azot gazi erigan holda
miyaning qon tomirlarida to‘planadi. Agar odam bunday sharoitdan
juda tezlik bilan normal bosimli sharoitga o‘tsa, erigan azot gazi
mayda pufakchalarga aylanib, qon tomirlarida tiqilib qoladi va Kesson
kasalligi yuzaga keladi. Bunda odamning boshi aylanadi, ko‘ngli
aynib qusadi, hamma bo‘g‘imlarida va belida og‘riq paydo bo‘ladi,
ba’zan hushini yo‘qotishi mumkin. Bunday hollarda yordam


59
ko‘rsatish uchun bemorni yana suv ostiga yoki yuqori bosimli
boshqa joyga (maxsus kameraga) o‘tkazish kerak. Bu kasallikning
oldini olish uchun yuqori bosimli joydan havo bosimi normal
sharoitga asta-sekinlik bilan o‘tish kerak.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin