Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


O‘pkaning tiriklik sig‘imi



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

O‘pkaning tiriklik sig‘imi.
Nafas olish va nafas chiqarish
harakatlari natijasida o‘pkalarga, ya’ni ularning alveolalariga uzluksiz
ravishda tashqi muhitdan havo kirib va chiqib turadi.
Odam tinch turganda o‘rtacha 500 ml havo oladi va shuncha
havoni chiqaradi. Bunga nafas havosi deyiladi. Odam chuqur nafas
olsa, tinch nafas olgandagi 500 ml nafas havosining ustiga o‘pka-
ga yana 1500 ml havo kirishi mumkin (qo‘shimcha havo). Odam
tinch nafas chiqarishdan so‘ng (nafas havosi 500 ml) chuqur
nafas chiqarsa, o‘pkadan yana 1500 ml havo chiqaradi (zaxiradagi
havo). Shunday qilib, 500 ml nafas havosi + 1500 ml qo‘shimcha
havo + 1500 ml rezerv havo=3500 ml o‘pkaning tiriklik sig‘imini
tashkil etadi. Erkaklarda o‘pkaning tiriklik sig‘imi 3500—4500 ml
gacha, ayollarda — 3000—3500 ml gacha bo‘ladi. Jismonan
chiniqqan odamlarda bu ko‘rsatkich ko‘proq bo‘ladi.
O‘pkalar ventilatsiyasi.
Odam tinch turgan vaqtda bir minutda
16—18 marta nafas oladi. Har bir nafas olganda 500 ml atmosfera havosi
o‘pkaga kiradi. Agar bir minutdagi nafas soni har bir marta nafas olganda
o‘pkaga kirgan havo miqdoriga ko‘paytirilsa, o‘pkaning minutlik
ventilatsiyasi kelib chiqadi. Òinch holatda o‘pkaning minutlik ventilatsiyasi
8—9 l ga teng. Masalan, bir minutda 16 marta nafas olinsa, har bir
nafas olganda o‘pkaga 500 ml havo kiradi: 16·500=8000 ml.
1. 
Ovoz apparati qanday tuzilgan?
2.
Nafas harakatlarida qaysi muskullar ishtirok etadi?
3.
O‘pkaning tiriklik sig‘imi nima?
4.
O‘pka ventilatsiyasi qanday aniqlanadi?


57
21- §.
O‘pka va to‘qimalarda gazlar almashinuvi
Ø
Nafas olish va uning ahamiyati
Nafas bilan qabul qilinadigan va chiqariladigan havoning
tarkibi.
Atmosfera havosi tarkibida 20,94 % kislorod, 0,03 %
karbonat angidrid, 79,3 % azot bo‘ladi. Boshqa gazlar juda kam
miqdorda bo‘ladi. Nafas bilan chiqarilgan havo tarkibida esa 16,3 %
kislorod, 4 % karbonat angidrid, 79,7 % azot bo‘ladi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin