55
ganda, kuylaganda ovoz teshigi yopiladi va o‘pkadan nafas bilan
chiqariladigan havo katta kuch bilan ovoz boylamlariga ta’sir qilib,
ularning tebranishi natijasida ovoz hosil bo‘ladi (35- rasm).
Ovozning o‘tkirligi ovoz boylamlarining kalta yoki uzun bo‘li-
shiga bog‘liq. Ayollarda ularning uzunligi o‘rtacha 18—20,
erkak-
larda 20—22 millimetr.
Nafas harakatlari
nafas olish va nafas chiqarishdan iborat.
Nafas olish harakati qovurg‘alarning ko‘tarilishi va diafragmaning
35- rasm. Ovoz apparati:
I
— gapirganda va ashula aytgan vaqtda ovoz boylamlari oralig‘idagi
teshikning yopiq holatda ko‘rinishi;
II
—
pichirlab gapirganda ovoz
teshigining yarimochilgan holatda ko‘rinishi;
III
— gapirmagan vaqtda
ovoz teshigining ochiq holatda (uchburchak shaklda) ko‘rinishi.
1
— hiqildoq;
2
— halqum;
3
—
halqumning burun teshigi;
4
— og‘iz bo‘shlig‘i va uning qo‘shimcha kovaklari;
5
–burun bo‘shlig‘i.
56
pastga tushishi orqali ta’minlanadi. Qovurg‘alarning ko‘tarilishi
bo‘yin va tashqi qovurg‘alararo muskullarning qisqarishi natijasida
yuzaga keladi. Diafragmaning pastga tushishi
esa uning muskullari
qisqarishi natijasida sodir bo‘ladi. Bu harakatlar natijasida ko‘krak
qafasining hajmi kattalashadi, o‘pka kengayadi va tashqi muhitdan
o‘pkaga havo so‘rib olinadi.
Nafas chiqarish harakati ichki qovurg‘alararo
va qorin mus-
kullarining qisqarishi orqali ta’minlanadi. Ichki qovurg‘alararo
muskullar qisqarganda qovurg‘alar pastga tushadi, qorin mus-
kullari qisqarganda diafragma yuqoriga ko‘tariladi. Natijada ko‘krak
qafasining
hajmi kichrayib, o‘pkalarning torayishiga va ulardagi
havoning tashqi muhitga siqib chiqarilishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: