52
V b o b .
NAFAS OLISH SISTEMASI
19- §. Nafas olish, nafas olish organlarining
tuzilishi
Ø
Ahamiyati va funksiyasi
Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kis-
lorod qabul qilib, karbonat angidrid
gazini chiqarib turishi
nafas
olish
deb ataladi.
Nafas olish jarayoni quyidagi qismlardan iborat:
1. O‘pka alveolalari va tashqi muhit o‘rtasida kislorod va karbonat
angidrid almashinuvi (tashqi nafas olish).
2. O‘pka alveolalari va o‘pkaning kapillar qon tomirlari o‘rta-
sida kislorod hamda karbonat angidrid almashinuvi.
3. Qon va to‘qimalar o‘rtasida kislorod va karbonat angidrid
almashinuvi (ichki nafas olish).
Dostları ilə paylaş: