Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

Nafas olish organlariga 
burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak
(traxeya), bronxlar, o‘pkalar va plevra pardalari kiradi (34- rasm).
Burun bo‘shlig‘i 
to‘siq bilan ikkiga bo‘lingan. Uning ichki
yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan. Bu pardada juda ko‘p mayda
bezchalar bo‘lib, ulardan havoni tozalash vazifasini bajaruvchi
shilimshiq suyuqlik ajraladi. Burun bo‘shlig‘i nafas havosini
tozalaydi va ilitib o‘tkazadi.
Hiqildoq 
IV—VI bo‘yin umurtqalari ro‘parasida joylashgan.
Hiqildoq havo o‘tkazuvchi nafas yo‘li vazifasini bajarishdan
tashqari, u tovush hosil qiladigan 
ovoz apparati
hamdir. Uning
ichki qavati tukli shilimshiq pardadan iborat, devori esa tog‘ay va
muskullardan tashkil topgan. Ichki qavatining o‘rtasida 
tovush
boylamlari 
va 
muskullari 
joylashgan. Ularning harakati, qisqarishi
va bo‘shashishi natijasida 
ovoz teshiklari 
ochilishi yoki yopilishi orqali
tovush hosil bo‘ladi.
Hiqildoqdan havo uning pastki qismiga tutashgan nafas yo‘liga,
ya’ni kekirdakka o‘tadi.
Kekirdak (traxeya) 
hiqildoqning pastki qismidan, ya’ni VI—VII
bo‘yin umurtqalari ro‘parasidan boshlanib, V ko‘krak umurtqasi
ro‘parasigacha davom etadi va shu joyda o‘ng va chap bronxlarga bo‘li-
nadi. Uning uzunligi odamning bo‘yiga qarab, 9—13 sm gacha yetadi.


53
Kekirdakning devori 16—20 ta yarimaylanasimon tog‘aylar
va paylardan tashkil topgan.
Bronxlar
V ko‘krak umurtqasi ro‘parasida kekirdakning ikkiga
(o‘ng va chap bronxlarga) bo‘linishidan hosil bo‘ladi. Bronxlar
o‘pka to‘qimasiga kirib, xuddi daraxt shoxiga o‘xshab, juda ko‘p
mayda bronxchalarga tarmoqlanadi va bora-bora alveola pufakcha-
larini hosil qiladi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin