51
va bular oqibatida kelib chiqadigan yurakning yallig‘lanish kasallik-
lari tufayli odam yoshlik chog‘idanoq ish qobiliyatini yo‘qotishi
mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun
organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan munta-
zam shug‘ullanish maqsadga muvofiqdir.
Chekish va spirtli ichimlik ichishning yurak va qon tomir
sistemasiga zararli ta’siri.
Chekish (sigaret, nos, nasha va hokazo)
va spirtli ichimliklar iste’mol qilish zararli odatdir. Bu moddalar
odam organizmining barcha hujayra, to‘qima va organlariga,
jumladan, yurak-qon tomir sistemasiga zararli ta’sir ko‘rsatib,
ateroskleroz, giðertoniya, yurakning ishemik kasalligi, yurak
infarkti, miyaga qon quyilishi kabi og‘ir xastaliklar yuzaga kelishiga
sabab bo‘ladi. Òamaki tutuni tarkibida 3 mingdan ko‘proq zaharli
kimyoviy moddalar borligi aniqlangan. Shulardan nikotin,
karbonat angidrid gazi, radioaktiv poloniy, kadmiy, kobalt,
qo‘rg‘oshin, margimush kabilar yurak-qon tomir sistemasiga
zaharli ta’sir ko‘rsatib, odamning sog‘lig‘ini yomonlashtiradi, ish
qobiliyatini pasaytiradi.
Dostları ilə paylaş: