XII b o b . OLIY NERV FAOLIYATI 41- §. Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Shartsiz va shartli reflekslar Ø
Reflekslarning yuzaga kelish sabablari va xususiyatlari Bosh miya katta yarimsharlari va ularning po‘stlog‘i markaziy
nerv sistemasining yuqori qismi bo‘lib hisoblanadi. Odamning
xulq-atvori, fikrlashi, ongi va barcha ruhiy xususiyatlari oliy nerv
faoliyati bo‘lib, u bosh miya katta yarimsharlari va ular po‘stlog‘ida
joylashgan nerv markazlarining normal funksiyasiga bog‘liq.
Odamning oliy nerv faoliyati murakkab reflekslar orqali namo-
yon bo‘ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan bog‘la-
nishini, uning har xil sharoitga moslashishini ta’minlaydi.
Odamning barcha ixtiyoriy harakatlari, fikrlashi va ruhiy holatlari
reflekslar orqali sodir bo‘lishini rus fiziolog olimi I. M. Sechenov
1863- yilda yozgan „Bosh reflekslari“ kitobida ko‘rsatib o‘tgan.
Uning reflekslar haqidagi fikrlarini I. P. Pavlov yanada rivoj-
lantirib, shartli reflekslar haqidagi ta’limotni yaratdi. U odamning
oliy nerv faoliyatini shartli reflekslar orqali namoyon bo‘lishini
ko‘rsatib berdi.
Refleks — tashqi va ichki muhit ta’siriga odam organizmining
nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan javob reaksiyasidir. Marka-
ziy nerv sistemasining qaysi qismi ishtirok etishiga qarab, reflekslar
ikki xil: shartsiz va shartli bo‘ladi.
Shartsiz reflekslar. Shartsiz reflekslar hosil bo‘lishida marka-
ziy nerv sistemasining pastki qismlari, ya’ni orqa, uzunchoq,
o‘rta, oraliq miyadagi nerv markazlari ishtirok etadi. Shartsiz
reflekslar tug‘madir, chunki, ularning nerv yo‘llari bola tug‘il-
gan vaqtda ham bo‘ladi. Bu reflekslar odam organizmidagi muhim
hayotiy jarayonlarni ta’minlashga qaratilgan. Masalan, ovqatni
chaynash (bolaning emishi), yutish, hazm qilish, najas va siydik
ajratish, nafas olish, qon aylanishi va hokazolar. Shartsiz refleks-
lar doimiy, ya’ni ular odamning hayoti davomida o‘zgarmaydi
(yo‘qolmaydi). Ularning soni va turi barcha kishilarda deyarli bir
xil. Bu reflekslar nasldan naslga o‘tadi.