Periferik nerv sistemasi kasalliklari. Ma’lumki, periferik nerv
sistemasiga nerv tugunlari va nerv tolalari kiradi. Nerv tugunining kasal-
ligi
ganglionit, nerv tolasining kasalligi
nevrit yoki
nevralgiya deb ataladi.
Nerv tugunining kasalligi, ya’ni ganglionit shamollash, o‘pka-
ning zotiljam kasalligi, turli xil yuqumli kasalliklar, ya’ni griðp,
ichburug‘, ichterlama kabilarning asorati tufayli yuzaga keladi.
Kasallangan nerv tugunining joylashuviga ko‘ra, o‘sha sohada va
undan chiqadigan nerv tolasini ta’minlaydigan to‘qima va organlar
sohasida og‘riq seziladi, mazkur organlarning ishi buziladi.
Sezuvchi nerv tolalarining yallig‘lanishi
nevralgiya deb ataladi.
Bu shamollash, griðp hamda boshqa yuqumli kasalliklarning asorati
tufayli sodir bo‘ladi. Kasallangan nerv tolasi sohasida og‘riq yuzaga
keladi. Masalan, uchlik nervi yallig‘langanda yuz, ko‘z sohasida,
tishlarda kuchli og‘riq seziladi.
Harakatlantiruvchi nerv tolasining yallig‘lanishi
nevrit deb ata-
ladi. Uning sababi ham yuqoridagidek. Belgisi shundan iboratki,
kasallangan nerv bilan ta’minlanuvchi tana muskullari falajlanib qoladi.
Masalan, yuz nervi kasallanganda yuz muskuli falajlanishi tufayli
yuzning bir tomoni pastga osilib, og‘izning chekkasi tortilib qoladi.
1. Nerv sistemasining qanday kasalliklari bor?
2. Periferik nerv sistemasi kasalliklarini aytib bering.
8- laboratoriya mashg‘uloti Tizza refleksi hosil bo‘lishini kuzatish Z a r u r a s b o b v a j i h o z l a r . Darslikning „Nerv sistemasi“
mavzusida ko‘rsatilgan rasm hamda shunga taalluqli jadval, rezina bolg‘acha.
I s h n i b a j a r i s h t a r t i b i O‘quvchilar 3—4 tadan bo‘lib guruhlarga bo‘linadilar. Darslikning
„Nerv sistemasi“ va „Orqa miya reflekslari“ mavzularida bayon etilgan tizza
refleksi hosil bo‘lishiga taalluqli ma’lumotlar bilan tanishadilar. So‘ngra
bir-birlarida tizza refleksini hosil qilish tajribasini bajaradilar. Tizza refleksi
hosil bo‘lishini tasvirlovchi rasmni va refleks yoyini daftarga chizib oladilar.
8 — B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov