Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

Shartli reflekslar.
Shartli refleks-
larning markazi bosh miya katta yarim-
sharlari po‘stlog‘ida joylashgan. Bu
reflekslar bola tug‘ilgan vaqtda bo‘l-
maydi, ular odamning hayoti davomida
hosil bo‘ladi. Shartli reflekslarning nerv
yo‘llari ham bola tug‘ilgan vaqtda
bo‘lmay, keyinchalik tarbiya, bilim
olish, hunar o‘rganish va boshqa
hayotiy tajribalar asosida hosil bo‘ladi.
Shartli reflekslar shartsiz reflekslar
asosida hosil bo‘ladi. Shartli refleks hosil
bo‘lishi uchun oldin shartli ta’sirlovchi,
uning ketidan shartsiz ta’sirlovchi
ta’sir etishi kerak. Masalan, itda so‘lak
ajralishiga shartli refleks hosil qilish
uchun oldin shartli ta’sirlovchi sifatida
elektr lampasi yoqilib yoki qo‘ng‘iroq chalinib, uning ketidan
shartsiz ta’sirlovchi sifatida ovqat beriladi. Bu tajriba bir necha marta
takrorlanishi natijasida miyaning ovqatlanish markazi bilan ko‘rish
yoki eshitish markazi o‘rtasida vaqtincha bog‘lanish hosil bo‘ladi
(69- rasm). Natijada elektr lampasi yonishi yoki qo‘ng‘iroq
chalinishi bilanoq (ovqat berilmasa ham), itda so‘lak ajrala boshlaydi,
ya’ni lampa yorug‘iga yoki qo‘ng‘iroq tovushiga so‘lak ajratuvchi
shartli refleks hosil bo‘ladi.
Bunda elektr lampa yorug‘ligi bosh miya po‘stlog‘idagi ko‘rish
markazini qo‘zg‘atadi. Ushbu qo‘zg‘alish esa, vaqtincha bog‘lanish
orqali miya po‘stlog‘idagi ovqatlanish markazini qo‘zg‘atadi. Bu
markazning qo‘zg‘alishi esa, uzunchoq miyadagi po‘stloqosti
ovqatlanish markazini qo‘zg‘atadi va uning nerv tolasi orqali so‘lak
bezlari ishini kuchaytirishi natijasida so‘lak ajrala boshlaydi. Rasmda
yorug‘lik ta’sirida oldin miya po‘stlog‘idagi ko‘rish markazining
qo‘zg‘alishi, undagi qo‘zg‘alish vaqtincha bog‘lanish orqali
po‘stloqning ovqatlanish markaziga, undan esa uzunchoq miyadagi
69- rasm. 
Itda elektr lampasi yorug‘ligida
ovqatlanish shartli refleksi hosil bo‘lishi
(I—II—III—IV); bu refleksning qo‘n-
g‘iroq ta’sirida tashqi tormozlanishi (V).


116
po‘stloqosti markaziga tarqalishi va nihoyat, so‘lak bezlariga o‘tib,
so‘lak ajralishi strelka bilan ko‘rsatilgan.
Ma’lumki, shartli refleks hosil bo‘lgan vaqtda itga yoki odamga
to‘satdan boshqa bir kuchli qo‘shimcha yot ta’sir ko‘rsatilsa,
uning bosh miyadagi nerv markazida kuchli qo‘zg‘alish yuzaga
keladi. Bu esa induksiya qonuni asosida bajariladigan refleks
markazining ishini tormozlaydi va refleks vaqtincha to‘xtab qoladi.
Shuningdek, rasmda elektr lampa yorug‘ligi ta’sirida itda so‘lak
ajralishining shartli refleksi, kuchli qo‘shimcha yot qitiqlagich
sifatida qo‘ng‘iroq tovushi ta’sir etishi natijasida eshitish marka-
zining qo‘zg‘alishi, shartli refleks markazlari tormozlanganligi
va so‘lak ajralishi to‘xtab qolganligini ko‘rish mumkin.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin