48-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning haddan ziyod uzluksiz ro‘za tutganlarni koyiganlari haqida Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
odamlarni ro‘zani uzluksiz tutmoqdan qaytardilar. Shunda, musulmonlardan biri: «Yo
Rasululloh, o‘zingiz uzluksiz ro‘za tutg‘aydirsiz-ku?!»-dedi. Janob: «Qaysi biringiz
mendek bo‘la olursiz? Meni kechasi rabbim yedirib-ichirg‘aydir»,- dedilar. Odamlar
uzluksiz ro‘za tutmaslikka ko‘nishmagandan so‘ng (sahobalar Rasululloh qilgan ishni
qiynalsalar ham qilib, savob topmoq maqsadida ko‘nishmagan erdi), Janob Rasululloh
ular birlan birga ketma-ket og‘iz ochmay, ikki kun ro‘za tutdilar. Uchinchi kuni yangi oy
chiqib qoldi, shunda Janob Rasululloh: «Agar yangi oy ko‘rinmaganda uzluksiz ro‘za
tutaverar erdim»,- dedilar-da, sahobalarni uzluksiz ro‘za tutganlari uchun bir oz
koyigandek bo‘ldilar».
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ikki
marta ketma-ket og‘iz ochmay, ro‘za tutmoqdan ehtiyot bo‘lingiz!» -dedilar, shunda
ular: «Uzingiz tutg‘aydirsiz-ku?!» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Meni Olloh kechasi
yedirib-ichirg‘aydir. Sizlar qurbingiz yetadirgan ishni qilmog‘ingiz lozimdir»,- dedilar».
49-bob. Faqat sahargacha uzluksiz ro‘za tutmoq haqida Abu Sa’id Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uzluksiz
ro‘za tutmangiz, agar qay biringiz uzluksiz ro‘za tutmoqni ixtiyor etsangiz, faqat
sahargacha davom ettiringiz»,- dedilar. Odamlar: «Yo Rasululloh, o‘zingiz
tutgaydirsizku?!» - deyishdi. Janob Rasululloh: «Men sizlarga o‘xshagan ermasmen,
menga kechasi taomlantirg‘uvchi kelib, taom berg‘aydir, suv berg‘uvchi kelib, suv
ichirg‘aydir»,- dedilar».
50-bob. Bir odam nafl ro‘za tutgan boshqa bir odamga «og‘iz ochasan!», deb turib olsa-yu, lekin uning og‘iz ochganligi uchun o‘zi bir kun ro‘za tutib berishi