Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
59
lekin Allohdan o‘zni pana qilib bo‘lmaydi, u baribir ko‘rib turadi).
Abu Hurayra raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam bunday deb
aytganlar, deydilar: «Bani Isroil qavmi bir-biriga qarab yalang‘och yuvinaverardi. Muso
alayhissalom yolg‘iz o‘zlari yuvinar edilar. Shuning uchun ham: «Musoning biz bilan
birga yuvinmog‘iga faqat uning dabbaligi mone’lik qiladi»,— deyishdi. Bir kuni Muso
alayhissalom yuvingani borib, kiyimlarini bir tosh ustiga yechib qo‘ygan edilar, tosh
kiyimlarini (Allohning amri bilan) olib qochdi. Muso alayhissalom: «Ey tosh, kiyimimni
ber, kiyimimni ber!»—deganlaricha ketidan quvib ketdilar.
Shu fursatda Muso
alayhissalomning yalang‘och badanlariga ko‘zi tushgan Bani Isroil qavmi: «Allohga
qasamki, Musoda hech ayb (jismoniy ayb) yo‘q ekan»,— dedi. Muso alayhissalom
kiyimlarini olib, toshni do‘pposlay ketdilar». «Allohga qasamki, o‘shanda u kishining
zarblaridan toshda 6 yoki 7 ta darz paydo bo‘lgandi»,— deydilar Abu Hurayra.
Abu Hurayra raziyallohu anhuga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytib
bergan ekanlar: «Ayyub alayhissalom yalang‘och
yuvinayotgan edilar, ustlariga tilla
chigirtka qo‘ndi. Ayyub alayhissalom (chigirtkani) kiyimlariga yashira boshladilar.
Shunda Alloh taolo nido qilib: «Ey Ayyub, seni ko‘rib turganingga (tilla chigirtkaga, ya’ni
boylikka) ehtiyojsiz qilmaganmidim?!» —dedi. «Izzating haqqi, ha, ehtiyojsiz qilgansan,
ammo men sening barakotingdan benasib emasman»,— dedilar Ayyub alayhissalom».
(Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu rivoyatni aytganlari bejiz emas.
Bu yerda
yalang‘och cho‘milishdan uyalgandan ko‘ra, boylikka ruju’ qilishdan uyalmok kerak
degan ma’no yotadi).
Dostları ilə paylaş: