Tayanch so‘z va iboralar:
Guruh –
odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda
bo‘lish xarakteri kabi qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa.
Dunyoqarash
– odamning tevarak-atrofdagi olamga va unda o‘zining tutgan
o‘rniga qarashlaridan kelib chiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy,
aqliy va estetik qarashlari yig‘indisi.
Jamoa
– maqsadlari jamiyat maqsadiga mos keladigan umumiy faoliyat
bilan birlashgan odamlar guruhi.
Jamoaning negizi
- umuiy fikr, maqsad va ishlab chiqarishga taalluqli
qarorlarni shakllantiruvchi jamoa a’zolari.
Yo‘nalish
– shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’iy
nazar ma’lum yo‘lga yo‘naltiruvchi barqaror motivlar yig‘indisi.
Individuallik
– individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy
xususiyatlari va psixikasining o‘ziga xosligi, qaytarilmasligi.
Ijtimoiylashuv
- inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot -
faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayoni.
Kasb
– faoliyat shakllari birlashmasi bo‘lib, mazmun, vosita, tashkilot,
mehnat natijalari hamda mehnat sub’yektini tayyorlashga qo‘yiladigan talablar
majmui.
43
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.
Kasb tanlashning umumiy masalalari nimadan iborat?
2.
Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillarni sanab o‘ting?
3.
Kasblar va ularning ko‘rinishlarini tushuntiring?
3-mavzu. Professiografiya (professiogramma) to‘g‘risida umumiy tushuncha.
Professiografiya usuli va professiografik tadqiqotlar o‘tkazish.
Reja
1.
Professiografiya haqida tushuncha
2.
Professiogramma professiografiyaning natijasi sifatida
3.
E.A.Klimov ta’limoti “Insonning tabiat bilan munosabati” haqida
tushuncha.
Professiografiya deganda kasblar va ularning bir - biridan farqlanuvchi
ixtisoslar tomonidan inson oldiga qo‘yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi
tushuniladi.
Kasb-kor (hunar) oldiga qo‘yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish
o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, umumiy hamda xususiy jabhalarni o‘zida aks ettiradi.
1. Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi.
2. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati.
3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi.
4. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi: yoshlarda uning ijtimoiy
mavqei (nufuzi), jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari, vertikal va gorizontal bo‘yicha
shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari.
5. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va
ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy
mahorat aniqlanadi).
44
6. Pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik
muddatlari, tadbir - choralarning umumiy tavsifi.
7.
Mehnat sharoitining gigiyenik tavsifnomasi.
8.
Kasb bo‘yicha mehnat qilishga tibbiy jihatdan ta’qiqlanuvchi omillar
izchilligi.
9.
Kasbga psixologik nomutanosiblik, yoki kasbiy yaroqsizlik.
10. O‘zini o‘zi faollashtirish va identifikatsiyalash.
Kasbning inson oldiga qo‘yadigan talablari majmuasi psixologik, ijtimoiy,
iqtisodiy, texnikaviy va pedagogik jabhalarni qamrab oladi. Kasb va ixtisos
asoslarini egallovchi yoshlar shu fanlarning barcha talablariga moslashishi orqali
mutaxassislik layoqatini rivojlantira boradi.
Kasb tanlashga yo‘naltirish davlatning tadbir - choralari tizimidan iborat
bo‘lib, inson tomonidan tanlanadi, o‘z hayot yo‘lining ilmiy asoslanganligini
ta’minlashga xizmat qiladi, u turmushda o‘z o‘rnini aniqlaydi va quyidagi
shakllarda amalga oshiriladi;
1)
maktabda kasbiy ma’lumotlar berish;
2)
kasb - hunar maorifi bilan shug‘ullanish:
3)
radio, televideniye, kino, matbuoda tashviqot qilish;
4)
kasb yuzasidan maslahatlar;
5)
kasbga saralash (qobiliyatiga binoan);
6)
kasbga moslashish (adaptatsiyalash).
Mazkur sohada psixologik izlanishlar olib borgan K.K.Platonov muayyan
sxema ishlab chiqqan bo‘lib, u «Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagi» deb
nomlanib, o‘zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois
kasb tanlashga yo‘llashda, reoriyentatsiyalashda undan unumli foydalanish
mumkin.
Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagining muhim bir tomoni - bu har xil
kasb - hunar egasiga nisbatan qo‘yiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning
mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki, u yoki bu
mutaxassislikka nisbatan jamiyat (viloyat, shahar, tuman)ning mehnat
45
imkoniyatiga ehtiyoji bo‘yicha bilimlar mujassamlashganligidir. Yana bir o‘ziga
xos tomoni shundan iboratki, kasbga yo‘naltiruvchining qunti, qobiliyati, shaxsiy
xususiyatlari bo‘yicha bilimlar umumlashtirilgan bo‘lib, kasb tanlashga oid barcha
jihatlar majmua holiga keltirilgandir.
Kasb tanlashga yo‘naltirish uchburchagi shaxsning qiziqishi, mayli, xohishi,
o‘zini o‘zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni o‘zida mujassamlashtiradi.
E.A.Klimov qarashlariga binoan professigramma bu:
1) sensor kanallarni yuklamalash, ustivor signallarning turlari, faoliyat
jarayonidagi axborotlar ko‘lami va umumiy xususiyati (ko‘rish, eshitish va
boshqalar);
2) axborotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bog‘liq aqliy faoliyatning
xususiyati;
3) xotira, tafakkur va nutqning qatnashuvi, ayrim harakatlarning tavsifi;
4) ishda, mehnat faoliyatida asab - psixologik zo‘riqish, tanglikning
mavjudligi;
5)
diqqatni boshqarish zarurati;
6)
ishda muvaffaqiyatga elituvchi shaxs sifatlari, fazilatlari;
7) mehnat faoliyati tuzilishini tavsiflovchi integral psixofiziologik
ko‘rsatkichlar.
Bizningcha, yuqoridagi mulohazalardan tashqari professiogramma oldiga
quyidagi talablarni qo‘yish maqsadga muvofiq.
1. Ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi (ishning nomi,
mutaxassislik, kasb - hunar, lavozim, ishchi o‘rni imkoniyati, mehnatning turdosh
xususiyatlari va uning muhim tavsiflarining bayoni).
2. Ishning maqsadi, samaradorligi xususida ma’lumotlar.
3. Mehnat quroli sifatida nimalar qo‘llanilishi.
4.
Mehnat predmetining tarkiblari va ularning o‘ziga xos jabhalari.
5.
Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan
bajarilishi.
6.
Nimalarning negizida ish (mehnat, faoliyat amalga oshirilishi).
7. Mehnat mahsullarini baholash mezonlari.
46
8. Ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari.
9. Ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning
motivirovkasi.
10. Ishni bajarilishining shart va sharoitlari.
11. Mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari.
12. Mehnatning kooperatsiyasi (Kim?, Nima?, Kim bilan hamkorlikda?).
13. Mehnatning jadalligi (intensivligi) to‘g‘risida ma’lumotlar.
14.
Mehnat faoliyatida mas’uliyat va xavf - xatarning qaysi daqiqalari (holatlari)
uchrashi.
15.
Mehnat uning sub’yektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot,
ma’naviy ozuqa, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maqtov, jamoatchilik
bahosi va boshqalar).
16.
Ish yoki faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra qanday talablarga va
cheklanishlarga ega ekanligi. Kasb tanlashning umumiy masalalari. Kasb - hunar
to‘g‘risida har xil munosabatlar hosil bo‘lishining asosiy sabablaridan biri - bu
maktab o‘quvchilarida kasb tanlash jarayonida turli xil motivlarning namoyon
bo‘lishidir. Motivlar o‘rtasidagi kurash ularning u yoki bu qarorga kelishlariga
sabab bo‘ladi. Bizningcha, voqelikka ongli munosabatda bo‘lish ob’yektiv va qat’iy
qarorni keltirib chiqaradi.
V.A.Krutetskiy o‘spirinlarda uchrashi mumkin bo‘lgan motivlardan
quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tadi: 1) biror o‘quv faniga nisbatan o‘spirinning
qiziqishi, 2) vatanga foyda keltirish istagi (o‘zlarining individual -psixologik
xususiyati va qobiliyatlarini hisobga olgan holda), 3) shaxsiy qobiliyatini ro‘kach
qilib ko‘rsatish, 4) oilaviy an’analarga rioya qilishi (vorislik), 5) do‘stlari va
o‘rtoqlaridan o‘rnak olganligi, 6) ish joyining va o‘quv yurtining uyga yaqinligi, 7)
moddiy ta’minlanganlik, 8) o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga
joylashishning osonligi singari motivlardir.
Bundan tashqari, yoshlarda boshqa turdagi motivlar ham mavjud bo‘ladi. Ular
qatoriga shaxsning biror kasbga,
Dostları ilə paylaş: |