36
Maktab (qaysi turdaligidan qat’iy nazar) ma’muriyati, sinf rahbarlari, amaliy
psixolog va kasbga yo‘llovchi fan o‘qituvchilarining ish rejasida mazkur masala
joy olganligi. Shuningdek, bu muammoga taalluqli ishlar,
tadbirlar izchil amalga
oshirilib turilishi, ularning ta’sirchanligiga e’tiborning ortishi tufayli o‘quvchi
yoshlar orasida bu sohada tasavvur ko‘lamining kengayishi. Rasmiyatchilikdan
chekinib, umumiy va zaruriy masala sifatida qabul qilinishi uning qiymatini
ko‘taradi.
2) O‘quvchilarni kasb tanlashga o‘rgatishda o‘qituvchilar
jamoasi faoliyati
hamkorligi va samaradorligi.
Alohida olingan fan o‘qituvchilari va turdosh fanlarning namoyondalari
jamlanmasi hamkorlik ish rejasida kasbga yo‘llash masalasining izchil ravishda
qo‘yilishi, har bir mavzu bo‘yicha mulohaza almashishda, qaysi fan bo‘lishidan
qat’iy nazar ixtisosga oid bilimlarga e’tibor berilishi
kasbiy tasavvurni vujudga
keltiradi. Kasb-hunar mohiyati bilan tanishish unga nisbatan qiziqishni uyg‘otadi,
mustaqil bilim olishga ishtiyoq paydo bo‘ladi va odat maromiga aylana boradi.
Maxsus tadbirlar o‘tkazilishi, kasb nufuzi bilan tanishtirilishi kasbiy motivlar va
motivatsiyalarni takomillashtiradi, moyillik tuyg‘usini uyg‘otadi.
3) Sinf rahbarining ota - onalar bilan hamkorligi ongli kasb tanlash negizi
ekanligi.
Sinf rahbari ota - onalar bilan individual va guruhli hamkorlikni amalga
oshirishda quyidagilarga e’tibor qilsa, yuqori ko‘rsatkichga erishish mumkin:
o‘quv fanining kasb tanlash bilan bog‘liqligi,
kasbning nufuzi, kasb tanlashning
psixologik asoslari, kasbga nisbatan qiziqish, havas,
qobiliyat, iste’dod, kasbga
yo‘llashning asosiy maqsad va vazifalari, professiogramma (professografiya)
mohiyati, kadrlarga va mutaxassislarga nisbatan ehtiyoj darajalari,
kasbning
ijtimoiy ahamiyati, layoqatining umumiy va xususiy ko‘rinishlari, o‘quvchilarning
individual xususiyatlari, kasb tanlashning ilmiy manbalari, maktab psixologining
bu sohadagi funksiyasi va boshqalar.
4) Kasb tanlashda yoshlar tashkilotining ishtiroki.
37
Yoshlar
tashkiloti
faoliyatida
kasb
tanlash
masalasining
ustuvorligi,
o‘quvchilarning
turli fondlarga jalb qilinishi, iste’dodlarning saralanishi,
mukofotga tortilishi, moddiy va ma’naviy taqdirlanishi kabilar.
5) Sinf va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunida kasb
tanlashning alohida ajratilib ko‘rsatilishi.
6) Maktablarda ishlab chiqarish kombinatlariga tashriflarni ommaviy va
keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yilishi.
7) Maxsus muassasalar faoliyati.
8) Kasbga oid ko‘rgazmalar, sayohatlar uyushtirilishi.
9) Ijodkor, nufuzli, mahoratli kishilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi.
10) Kasb tanlashda mahalliy matbuot, radio va televideniyening ishtiroki.
Kasbga yo‘llash umumdavlat ahamiyatga
ega muammo hisoblanib, uni
bosqichma - bosqich amalga oshirish «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da
alohida o‘rin egallaydi. Yuqorida kasb tanlashga yo‘llash omillari faoliyatini
hamkorlikka aylantirish yuksak samaralar sari yetaklaydi.
Dostları ilə paylaş: