5
KIRISH
“Ta’lim to‘g‘risi”dagi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kasb -
hunar haqida alohida ma’lumotlar mavjud.
Kasb - hunar egalari qadimdan e’zozlab kelingan. Bizning davrimizda ularga
bo‘lgan hurmat - ehtirom yanada ortdi. Jonajon O‘zbekistonimizda bilimdon,
mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi,
yuqori malakali, madaniyatli, turli sohalar
bo‘yicha mohir ustalar ko‘proq talab qilinmoqda. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar mahkamasi qarorlarida (Nizomlarida) mutaxassis kadrlar
tayyorlash masalasiga katta ahamiyat berilmoqda va ular haqida alohida
g‘amxo‘rlik qilinmoqda. Shu bilan birga, tor sohadagi kasbdan
asta - sekin keng
qamrovli, universal kasbga o‘tish muammosi ilgari surilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarning muvaffaqiyati bevosita yuqori malakali yosh kadrlarni tayyorlash
bilan bog‘liq bo‘lib, oliy o‘quv yurtlarida “Kasbiy psixologiya” fanini o‘qitish
sifati va samaradorligi bilan belgilanadi.
Kasbiy psixologiya ta’lim va taraqqiyotning o‘zaro bog‘liqligi, ta’limning
tuzilishi, ta’lim psixologiyasi kursining asosiy mazmuni bo‘lgan o‘quvchi -
talabalarning o‘qish va bilish faoliyatini shakllantirish hamda tarbiya
psixologiyasining ta’lim - tarbiya jarayonida o‘quvchi shaxsini shakllantirish kabi
muhim muammolarni tadqiq etadi. Bunda o‘quv - tarbiya jarayonlarining o‘ziga
xos xususiyatlari, zamonaviy ta’lim - tarbiya nazariyasining vazifalari,
uning
etnopsixologik
xususiyatlari
hamda
ular
tomonidan
yoritilgan
shaxs
taraqqiyotining boshqarish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Ko‘p yillik tajriba shuni ko‘rsatadiki, ta’lim-tarbiya bilan hamma, ya’ni
butun jamiyat a’zolari shug‘ullanishlari kerak. Bu mas’uliyatli va sharafli ishda
bog‘cha tarbiyachisi, maktab o‘qituvchisi va institute o‘qituvchisi bilsn bir qatorda
jamiyatning bilimli va obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan a’zolari, oliy ma’lumotli
mutaxassis va rahbar xodimlar ham o‘z hissasini qo‘shishi kerak.
6
Chunki ular o‘zlarining bilimlari va yuqori malakalari bilan mehnat
jamoalarida katta e’tiborga egadirlar, hamma joyda so‘zlari yuqori ta’sir kuchi
bilan ajralib turadi.
Bozor
munosabatlari
sharoitida
mustaqil
fikr
yurituvchi,
erkin,
tashabbuskor, tadbirkor va milliy g‘ururga ega bo‘lgan kishilar kerak. Bunlday
kishilarni tarbiyalash uchun xalqning tarixiy shakllangan ma’rifiy
madaniyatidan
kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlarga tayanuvchi milliy psixologiya fanini
shakllantirish va shu bilan birga bu fanni barcha oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish joiz.
Nopedagogik yo‘nalishlardagi bakalvarlar tayyorlaydigan oliy o‘quv
yurtlarida kasbiy psixologiya fanini o‘qitish jarayonida talabalarda quyidagi
pedagogik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish ko‘zda tutiladi:
- o‘z ixtisosini o‘zlashtirish davomida hamda ijtimoiy va gumanitar fanlar
bo‘yicha beriladigan bilmlarni ongli egallash uchun psixologiya fanining nazariy
asoslarini o‘rganishi va o‘zlarida bu bilimlarga ko‘nikma hosil qilishi;
- o‘z ixtisosligi bo‘yicha o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tash
davrida ularni to‘g‘ri tashkil qilish, texnikani o‘rganish,
ulardan ehtiyotkorona
foydalanish davrida psixologiyaning asosiy metodlarini o‘rganishi va malakalarga
ega bo‘lishi;
- mutaxassilik fanlarini o‘zlashtirish, nazoratlarni vaqtida topshirish,
fanlardan yaxshi natijalarga erishish uchun bilish faolligini oshirish, bilish
nazariyasi asoslarini o‘rganishi va shu bilan birga ta’lim olish usullari bilan
tanishishi.
Kadlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari “Milliy
dasturi”mizda alohida ta’kidlab o‘tilgan:
- respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati
qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
- mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika
iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo‘nalishidan raqobatbardosh
pirovard mahsulot
ishlab chiqarish yo‘liga o‘tayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining
kengayayotganligi;
7
- davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror
topganligi;
- milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z Vatani uchun
iftixor tuyg‘usining shakllanayotganligi, boy milliy, madaniy - tarixiy an’analarga
va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;
- O‘zbekistonning jahon jamiyatiga integratsiyasi, respublikamizning
jahondagi mavqei va obro‘ - e’tiborining mustahkamlanib borayotganligi.
Quyidagi kasb psixologiyasiga oid ilmiy - amaliy hususiyatli materiallar,
mulohazalar, tavsiyalar bosqichma - bosqich bayon qilinadi.
Mavzular bir necha
qismlarga ajratilgan holda uzviylik, izchillik, mantiqiylik tamoyillariga
(prinsiplariga) rioya qilingan tarzda berildi.“Ilm va hunar o‘rganish inson uchun
eng zarur narsalardan hisoblanadi. Har qanday narsani mohiyatini anglash,
jahondagi voqealarning yaxshi - yomon tomonini bilib olish, odamlarning qadru -
qimmatini to‘g‘ri
tushunish, oilaning farovon yashashini to‘g‘ri tashkil etish,
qisqasi har tomonlama mukammal bo‘lish uchun ilm va hunar o‘rganish zaruriy
ehtiyojlardan biridir” deb uqtirgan allomalarimizdan Faxrulbanot Sulaymoniy.
Dostları ilə paylaş: