113
8. Bunda shaxsning
«ixtiyorsiz» indikatorlar sifatida kuzatilayotgan psixik
jarayonlarga
elektrofiziologik, bioximik va vegetativ o‘zgarishlar kiritish orqali
foydalaniladi.
9. «Fonli» indikator.
«Fonli» indikatorlar sifatida shaxsning xususiyatlari
bilan bog‘lanishda bo‘lgan organizmning fiziologik va fizik statuslaridan
foydalaniladi. «Fonli» indikatorlar sifatida antrometrik o‘lchovlar qo‘llaniladi:
bo‘y, og‘irlik, suyak - muskul og‘irligi, tanadagi boshqa ko‘rsatkichlar va
proporsionalliklarni kiritsa bo‘ladi.
Kasbiy psixodiagnostika
Psixologiya fanida bu sohada muayyan ilmiy izlanishlar olib borilgan, o‘ziga
xos yondashishlar amalga oshirilgan. B.V.Kulaginning fikricha,
kasbiy
psixodiagnostika deganda odamning individual xususiyatlarini tadqiq etish va
baholash maqsadida kasbga saralash, kasb tanlashga yo‘naltirish, nomzodlarni
(da’vogarlarni)
ixtisoslikka
oqilona
taqsimlash,
kasbiy
tayyorgarlikni
takomillashtirish, kasbiy faoliyatni optimallashtirishning amaliy masalalari tizimini
yechish tushuniladi.
Individuallikning mohiyatini tushunishga
umumiy yondashish kasbga
saralash muammosini hal qilishda bevosita ahamiyatga ega. Ma’lumki, kasbga
layoqatlilikni tashxis (diagnoz) qilish insonning kasbiy hislatlarini hisobga olishga
asoslanadi. Mazkur jarayonda qiyosiy tahlil orqali shaxsning xususiyatlari
ko‘rsatkichlari bilan kasbiy faoliyat muvaffaqiyatining mustaqil mezoni darajalari
aniqlanadi. Hozirgi zamon psixologiyasining ma’lumotlariga qaraganda,
tashxis
(diagnoz) qilish modeli muayyan matematik algoritmga asoslanadi. Guruh uchun
o‘rtameyona shaxs imkoniyati tanlanganligi faqat statistik samaraga ega, xolos.
Bunday model tashxis (diagnoz) qilishda cheklanganlikka ega bo‘lib, tashxisning
mutlaq aniqlik darajasidan quyiroqdir.
Kasbiy faoliyatni
tahlil qilmasdan turib, professional psixodiagnostika
(kasbiy psixologik) muammolarni hal qilish mumkin emas, ya’ni professiografiya
114
mohiyatiga va uning tuzilishiga e’tibor qilish zarur. Faqat shundagina faoliyatli
yondashuv amalga oshirilib, uning harakatlari va operatsiyalari
testlar yordamida
baholanishi mumkin. Chunki harakat operatsiyalari mazkur faoliyatning tarkibini
tashkil qiladi, ularning qiyosiy tavsifini egallash jarayonini osonlashtiradi, unga
layoqatli odamlarni tanlashga negiz yaratadi. Faoliyat samaradorligini tashxis
qilish va baholash uchun testlarni saralash, asoslash uning muvaffaqiyati o‘lchovi,
mezonini aniqlashga imkon beradi.
Professiografiya, (professiogramma)
natijalarini umumlashtirish natijasida kasblarni tasniflash(klassifikatsiyalash)
imkoni vujudga keladi.
Kasbiy faoliyatning tahlili maqsadga yo‘naltirilgan va tashkiliy jarayon
hisoblanib, u uch bosqichdan tashkil topgan bo‘ladi: a) kasbiy faoliyat yuzasidan
ma’lumotlar to‘plash; b) olingan ma’lumotlar va axborotlarni qayta ishlab chiqish
hamda umumlashtirish, ularning negizida professiogramma tuzish; v)
amaliy va
nazariy masalalarni yechish uchun professiogrammadan foydalanish (kasbiy
faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi mezonlar tanlash, uni baholash (tashxis
qilish) uchun testlar saralash, kasblarni tasniflash va boshqalar).
Kasbiy faoliyat yuzasidan ma’lumotlar (axborotlar) turli manbalardan
olinishi mumkin.
1. Muayyan mutaxassislarning kasbiy faoliyatini kuzatish katta ahamiyat
kasb etadi.
2. Kasbiy faoliyat to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashning asosiy
metodlaridan
biri bo‘lib suhbat - intervyu hisoblanadi. Mutaxassislar bilan standart yoki
nostandart tarzda intervyu uyushtirish samarali natija beradi.
3. Ba’zan kasbiy faoliyatning u yoki bu qirralari (jabhalari)ni qayd qiluvchi
kundaliklar yoki varaqlardan
Dostları ilə paylaş: