ham foydalaniladi.
4. Kasb - hunar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (axborotlar) umumlashtiriladi va
har xil shakllarda mutaxassislar
hukmiga havola qilinadi.
Kasbiy faoliyat shaxsning munosabat va motivlaridan iborat bo‘lib,
harakatlar va operatsiyalarni nazorat qilish hamda boshqarishni qamrab oladi.
Faoliyatning dinamik xususiyatlarini o‘rganish uchun unga ko‘pyoqlama
115
yondashishni amalga oshirish zarur. Faqat motivatsion va regulyativ jabhalarni
hisobga olish bilan kasbiy faoliyat mohiyatini tavsiflab bo‘lmaydi, modomiki
shunday ekan, uning shaxsga oid, emotsional, kognitiv va operatsional, irodaviy
jihatlar bilan bog‘liq tomonlarini ham tadqiqot predmetiga kiritish lozim.
Kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi mezonlar sifatida shaxsning
maqsadga erishuvini tavsiflovchi har xil ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin.
Mezonlar tariqasida kasbiy bilim va malakalarga
nisbatan uquvchanlik, mutaxassis
faoliyatining bevosita va bilvosita ko‘rsatkichlari uning hamkorlik faoliyatiga
qo‘shgan hissasi qo‘llaniladi. Kasbiy faoliyat muvaffaqiyati mezonlari qatoriga
quyidagalar kiritiladi:
1) Samaradorlikning to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatkichlari: sifat, ishlab chiqarish
salmog‘i;
2) Kasbiy tayyorgarlikni aniqlovchi testlar;
3) Kasbiy layoqatini ifodalovchi ma’muriy tadbir va choralar: intizomga
taalluqli choralar, mukofotlash, xizmat lavozimida ko‘tarilish, safarga yuborish,
namuna tariqasida stendga joylashtirish;
4) Kadrlar qo‘nimsizligi;
5) Noxush holatlar (kechinmalar) va shikastlar (halokatlar);
6) Faoliyat samaradorligini eksperimental tekshirish va o‘zini - o‘zi baholash
kabilar.
Yuqorida bayon qilingan mezonlar ma’lum talablarga javob berishi shart.
Mezonlarning relevantlikligi sifatida muhim ahamiyat kasb etishi tushuniladi.
Tanlab olingan mezonlar kasbiy faoliyatning barcha nufuzli tomonlarini aks
ettirish lozim, ya’ni mezonlar to‘laqonliligi ta’minlanishi kerak. Ular mutaxassislar
kasbiy layoqatining yuksakligi va quyidagi darajalarini farqlashga xizmat qilishi joiz
(mezonlar diskriminativligi). Mezonlar hislatini ochishga yordam beruvchi uning
omilkorligi, ya’ni amaliy
jihatdan qulayligi muhim o‘rin egallaydi va u o‘zining
soddaligi, kam mehnat talab qilishligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Kasbiy layoqatni (yarog‘lilikni) aniqlashda odatda nazorat, sinash natijalari
qo‘llaniladi (masalan, duradgorning ish sifati, tezkorligi, vaziyatni payqashligi va
116
boshqalar). Qo‘pincha mutaxassisning layoqati ma’muriy hujjatlarda o‘z ifodasini
topadi (muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi qayd qilinadi). Ba’zan kasbiy
layoqatni o‘rganishda baxtsiz hodisalar (haydovchi, uchuvchi, mashinist, operator
boshqa kasb egalarida) hisobga olinadi va shaxsning individual xususiyatlari
baholanadi.
Kasbiy layoqatni aniqlashda uquvchanlik kategoriyasidan (bilim olishga
nisbatan zehnlilik) foydalaniladi va o‘zlashtirish tezligi, kasbiy tayyorgarligi,
erishgan natijasi mezon rolini
o‘ynaydi.
Psixologiya fanida kasbiy muvaffaqiyat, mahoratning qirralari ekspert baholash
metodi yordami bilan o‘lchanadi. Buning uchun balli shkala, juft (qo‘sh) taqqoslash,
tartibga keltirish (ranjirovka qilish) metodlari qo‘llaniladi.
Shkalaning sodda ko‘rinishi ball bilan baholashga mo‘ljallangan. Shkalani
baholash o‘ziga 5 tadan 7 tagacha gradatsiyani qamrab oladi. Miqdorning kamligi
uning differensiatsiyasini yanada kuchaytiradi, farqlar aniqligini ta’minlaydi.
Ba’zi hollarda balli baholash grafik shkala tarzida ham uchraydi (kesma, shakl,
parametrik ko‘rinishi va hokazo). Lekin balli shkala kasbiy muvaffaqiyatni
baholashda ayrim nuqsonlarga ham ega. Ayniqsa, chet el psixologiyasida qo‘llanilib
kelinayotgan «galo-effekt» metodikasi bunga yaqqol misoldir. Baholanuvchi bilan
baholovchi munosabati bir nechta mustaqil shkalalar negizida umumiylikka bog‘liq
tarzda baholanadi. Natijada shaxsning xilma-xil xususiyatlarini differensiatsiyalash
imkoni yo‘qoladi, yuzaki baholanish jarayoni yuzaga keladi. Buning oqibatida
orttirilgan va pasaytirilgan baholash tiplari, ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi.
Ammo, balli shkala baholash tizimini takomillashtirish uchun uni barcha
bosqichlar, tarkiblardan tuzish ma’qul. Faqat shundagina yaqqol misol, namunalar
negazida kasbiy faoliyatning turlicha samaradorligi namoyon bo‘ladi.
Jahon psixologiyasida keng qo‘llanilib kelinayotgan metodlardan biri - bu kritik
insidentdir. Muayyan o‘lchamlarga asoslangan holda ajratilgan insidentlar tasniflanadi
(klassifikatsiya qilinadi), ya’ni tahlil qilish orqali insident xususiyati aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichda (u «pretranslyasiya» deb ataladi) birinchi bosqichdagi mezonlarga
asoslanib yangitdan tasnif qilinadi.
117
Kasbiy layoqatni o‘rganishning yana bir metodi tartibga keltirish (ranjirovka
qilish) deyiladi. Har xil vaziyatlarda kuzatilgan shaxslar kasbiy layoqati darajasiga
qarab muayyan tartibga solish, jihozlash mumkin. Birinchi rang darajasiga kiritish uchun
kasb sub’yekti kasbiy mahoratning maksimal ko‘rsatkichini namoyish qilishi lozim.
Kamroq muvaffaqiyatga erishsa, u navbatdagi rangga o‘tkaziladi.
Mazkur jarayonni osonlashtirish uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:
1)
guruhning alifboviy ro‘yxatini tuzish;
2)
maksimal muvaffaqiyatga erishgan sub’yektlarni alohidalash;
3)
minimal muvaffaqiyatga erishgan sub’yektlarni guruhlash va
boshqalar.
Tartibga solish (ranjirovka qilish) juft (qo‘sh) qiyoslash (taqqoslash) metodi
yordami bilan amalga oshiriladi. Buning negizida ikki sub’yektning hislatlari,
imkoniyatlari o‘zaro solishtirilib, umumiy va farqli tomonlari aniqlanadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng davlat va jamiyat ta’lim
olishga, kasbiy yo‘lni tanlashga, kasbga o‘qish va kasb egallashga bo‘lgan
yoshlarning huquqlarini amalga oshirishga kafolat beradi.
«Eng muhimi, degan edi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
I.A.Karimov, yoshlarga biror - bir mutaxassislikni egallashga imkon beramiz,
hayotga ishonchli yo‘llanma bilan ta’minlaymiz. Agar, hayotga ishonch bilan
qadam qo‘yayotgan yosh inson hayotda o‘z o‘rnini topa olsa, o‘z - o‘zidan
ma’lumki, u o‘z ishidan, taqdiridan qoniqadi (I.A.Karimov Mafkura - bu xalqni,
jamiyatni va davlatni birlashtiruvchi bayroqdir. T., O‘zbekiston, 1998 y, 21 bet)”.
Ilmiy - amaliy nuqtai nazardan kasb tanlash, kasbiy tayyorlanish, yosh
mutaxassisning ishga joylanishi va ishdan qoniqishi o‘qish va mehnat
motivatsiyasining shakllanishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |