170
Tasvirlarni bilib olish P.Uijton birinchi bo’lib bu sohada ishlagan. 1980 yil
turli hil ob’ektlarni ochish va ularni sinflash jarayonlarni avtomatlashtirgan. Lekin
murakkab tasvirlarni bilib olish masalasini yecha olmagan. Sun’iy
intellekt
sohasida yana asosiy bo’lib ekspert sistemalar hisoblanadi,
bular avtomatik
maslahat beruvchi sistemalardir.
Ekspert sistemalariga misollar:
DENDRAL (1960 yil Stenford universitetida yaratilgan) MYC IN (7)
infeksion kasalliklarni tashxiz qilish mumkin;
PROSPECTOR (1977-1983) foydali
qazilmalarni topish uchun
ishlatiladi.
Mashina yordamida tarjima: 1954 yil AQSH da EXM yordamida 60 ta so’z
tarjima qilingan. Hozirgi vaqtda bunga e’tibor katta masalan rus tilini ingliz tiliga
aylantirish. 1971 yilda T.Vinograd degan olim tomonidan mashxur SHRDLU
programmalari yaratilgan.
1974 yilda Shaxmat programmalari chempionati o’tkazilgan unda
Rossiyaning Kaissa programmasi birinchi o’rin olgan.
Mashina yordamida ijod
1954 yilda Amerika tadqiqotchilari Menloz va Gutman birinchi bo’lib muzika
yaratish bo’yicha programma yaratgan.
1954 yil Rossiya matematigi R. Zaripov mashina
yordamida muzika yarata
boshlagan.
Intellektual robototexnik sistemaning struktura sxemasi 13.5-rasmda
keltirilgan.