153
12.4. Sanoat roboti parametrlarini nazorat va diagnostika qilish vositalari.
Sozlash ishlarida diagnostikaning vazifasi
Robotlarning funksional qurilmalarini sozlash
ijro mexanizmlar xolatini
diagnostika qilish bilan uzviy bog‘langan. Diagnostika qilishdan maqsad jixoz
ishlaganda
buzilib qolish sababini, hamda sanoat roboti ishlashining sifat
ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
Robotlarning sifat ko‘rsatkichlarini
aniqlash, nafaqat robot parametrlarini
nazorat qilish
kerakligini taqazo etadi, balki tashqi muhit parametrlarini,
hamda
topshiriqni bajarish sifat ko‘rsatkichlarini, shu jumladan buyumni transpartirovka
qilish, ularni ishchi
pozitsiyaga joylash aniqligi, yig‘uv, payvandlash, bo‘yash
texnologik operatsiyalarni bajarish aniqligini ham
nazorat qilish zarurligini
belgilaydi.
12.5 - rasmda robotlarning qayd qilinishi lozim bo‘lgan asosiy parametrlar
guruxi keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: