42
Ta’lim tizimida ilk o’spirinlarga o’zlaridagi jismoniy, fiziologik va psixik
o’zgarishlar; yigit va qizlarning o’zaro munosabatlari shakllanishi; sevgi, oilaviy
turmush, uning maqsadi va ijtimoiy, gigiyenik, masalalari to’g’risida
maxsus
bilimlar berish lozim. Tarbiyaviy soatlar, shifokor bilan suhbat, oila a’zolarining
maslahatlari kabi tadbirlarga jiddiy e’tibor berish kerak.
Ota-onalar va o’qituvchilar ilk o’spirin yigit va qizlarga sevgining ikki turi −
shahvoniy tuyg’u zaminida vujudga keladigan beqaror sevgi va chinakam do’stlik,
insoniy munosabatlar asosida paydo bo’ladigan haqiqiy sevgi borligini
tushuntirishlari lozim. Qizlarda haqiqiy sevgi kurtaklari o’g’il bolalarga nisbatan
erta uyg’onadi, ular bir umr o’zlariga yo’ldosh va doimo g’amxo’rlik qiladigan
kishining muhabbatiga sazovor bo’lishni orzulaydilar. Ba’zan qizlarda ham
beqaror hislar yuzaga kelishi mumkin.
Ota-onaning o’zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g’amxo’rligi
oiladagi
farzandlarning munosabatlarini to’g’ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida
muloyimlik, shirinsuxanlik, qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi
fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro’zg’or yumushlarini o’rgatishi ham
lozim. Aks holda nimalar bo’lishini ma’naviy qashshoq, yengil-yelpi hayotga
ko’nikib, tubanlik botqog’iga botib qolgan ayrim ayollarning ayanchli qismatidan
misol keltirish orqali tushuntirishi zarur.
Ilk o’spirinlarni turmush qurishga tayyorlashda maktab bilan oilaning
hamkorligi muvaffaqiyat garovi hisoblanadi.
Ro’y berishi mumkin bo’lgan ruhiy, jismoniy iztiroblarning oldini olish juda
murakkab ish. O’qituvchilar jamoasining o’zi bu ishni bajara olmaydi.
Shuning
uchun uni ota-onalar va jamoatchilikka tayanib amalga oshirish zarur.
Ilk o’spirin yigit-qizlarning hayotiy rejalari bilan tanishishda ularning mayli,
qiziqishi va nafis tuyg’ulariga, ezgu maqsad sari intilishlariga alohida ahamiyat
berish lozim. Yigit yoki qizning ruhiyati va ma’naviyatiga to’g’ri yo’l topish orqali
uning fe’l-atvorida o’zgarishlar hosil qilish mumkin.
Oiladagi sog’lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari
farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Oiladagi tarbiyaviy ishlar ta’lim tizimida mustahkamlanishi va
rivojlantirilishi, ilk o’spirinlarni turmush masalasiga ilmiy nuqtai nazardan
qarashga o’rgatish lozim. Yigit va qiz o’rtasidagi munosabatlar ancha murakkab
bo’lib, ular asta-sekin shakllanadi, bu munosabatlarning rivojlanishi ko’p jihatdan
sinf rahbarining faoliyatiga bog’liqdir. U o’z ishini yigit va qiz o’zaro do’stlik
munosabatlarini a’lo o’qish, namunali xulq, jamoat ishlarida faol qatnashish bilan
amalga oshiradigan yo’sinda tashkil etishi kerak. Shuningdek, ta’lim tizimida ilk
o’spirin yigitlar qizlarga yordam beradigan, qizlar esa bu yordamni qadrlab ularga
mehribonlik tuyg’usini namoyon qiladigan vaziyatlarni yaratish kerak.
43
Akademik lisey va kollejda o’qish davrida har ikkala jinsdagi o’quvchilar
o’zaro do’stona munosabatda bo’lishlari,
bir-biriga yordam berishlari, o’zaro
hurmatda bo’lishlari shart. Lekin ular o’rtasida muqaddas, hyech buzilmaydigan
parda, chegara bo’lishi ma’qul. Yigitning burchi qizni avaylash, uning sharm-
hayosini paymol qilmaslik, taqdirga yuzaki qaramaslik; qiz esa o’z navbatida
uyatchan, sharm-hayoli, andishali, kamtar, qizlarga xos g’ururli, nazokatli
bo’lishlari darkor. Qizlik or-nomusini paymol qiladigan
xatti-harakat va hirsga
berilmaslik kelajakdagi baxtiyorlik uchun zarurligini har bir qiz bilib qo’ygani
yaxshi.
Ilk o’spirinlarga oila qurish haqida tushuncha berishda baxtli, tinch-totuv
yashash, bir-biriga ishonch, sadoqat bo’lishi kerakligini uqtirish bilan birga, ularni
oilaviy turmushda yuz berishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklardan ham ogohlantirish
kerak, albatta. Ularga oilada bo’lib turadigan janjallarda oxirini o’ylab ish tutish
zarurligini uqtirish lozim.
Nikohga tayyorgarlikning muhim jihatlaridan biri kuyov-qayliqning o’zaro
qaynota, qaynona, qarindosh-urug’lar, xonadonning yaqin kishilari oldidagi
burchlarini anglab olishdir.
Mustahkam va barqaror oila qurishning asosiy shartlaridan biri − kelinning
boshqa sharoitga ko’nikishi, begona turmush tarziga moslashuvidir. Uning
sinalmagan oilaga, undagi iqtisodiy-moliyaviy tartibga, notanish qadriyatlarga,
an’analarga, marosimlar, rasm-rusmlarga o’rganishi ham oson emas.
Bularning
xammasi yosh kelinning jismoniy, axloqiy, ma’naviy va ruhiy jihatdan
tayyorgarligini talab qiladi.
O’qituvchilar akademik lisey va kasb-hunar kolleji o’quvchilarining ota-
onalari bilan olib boriladigan ishlarda asosiy e’tiborni bolalar ruhiy dunyosining
murakkab tomonlarini yoritishga qaratishlari kerak. Ularda tanqid va o’zini o’zi
tanqid, o’zini tuta bilish, o’z xatti-harakatini nazorat qilish va to’g’ri baholash,
o’zini idora qilish kabi xususiyatlarni rivojlantirish zarur.
Tarbiyaning muhim quroli nutq hisoblanadi. Shuning uchun ota-ona o’z
nutqida yoqimsiz iboralarni ishlatmasligi, mantiqsiz, yoqimsiz ohang bilan
bolalarni ranjitmasligi, ularda ishonch hissini vujudga keltirmaydigan, nosamimiy
fikrlarni aytishdan saqlanishlari kerak.
Hayotda muloyimlikka, shirinsuxanlikka,
samimiylikka, sof vijdonli bo’lishga nima yetsin! Mazax qilish, ba’zan noo’rin
hazillashish orqali ham farzandlarning murg’ak qalbini cho’ktirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: