Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi faniga kirish


Ilk o’spirinlar aql-idrokining xususiyatlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/57
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205994
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57
1-Ma\'ruza.Um.ps.sirtqi

Ilk o’spirinlar aql-idrokining xususiyatlari 
Ilk o’spirin barcha faoliyat bosqichida mustaqil fikr yurita olmasligi uning 
psixikasidagi jiddiy kamchilikdir. Ilk o’spirinlarga adabiy qahramon qiyofasini 
ifodalash, asar mohiyati, mazmuni va g’oyasi yuzasidan mustaqil holda hukm va 
xulosa chiqarish topshirilganda ular, birinchidan, asarni o’qishgan, biroq hyech 
qanday xulosa chiqarishmagan, ikkinchidan, mavzuga ijodiy yondashmasdan 
o’qituvchining har bir so’zini esda saqlab olib, hyech o’zgarishsiz qaytadan aytib 
berishga harakat qilishgan, uchinchidan, o’zlari maktabdan va sinfdan tashqari 
faoliyatlarida eshitganlari, o’qiganlari bilan o’qituvchining axboroti, ma’lumoti 
xabarni umumlashtirib javob berishgan, to’rtinchidan, o’z fikrlarini bayon etishga 
qiynalganlarida asardan ko’chirmalar keltirishgan. 
O’quvchilarda nazariy tafakkurni shakllantirishda to’garak va fakultativ 
mashg’ulotlar, kasbiy fanlar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ilk o’spirin 
o’quvchining mustaqil fikrlashini rivojlantirishda o’qituvchilar, sinf rahbarlarining 
siymolari muhim rol o’ynaydi. O’qituvchilar ilk o’spirinlarda o’rganilayotgan 
narsa va hodisalarning obyektivligi, haqqoniyligi, to’g’riligiga ishonch hosil 
qilishlari, ulardan qanoatlantirishlari va ularni isbotlashga o’rgatib borishlari zarur. 
Ikkinchidan, fan o’qituvchilari ularni narsa va hodisalar to’g’risida original fikr 
yuritishga yo’llashlari kerak. Uchinchidan, o’quvchilarning mashg’ulotlarda 
qo’llanaverib, ma’naviy eskirgan bir qolipdagi so’zlardan, iboralardan 
foydalanishlariga yo’l qo’ymasliklari kerak. To’rtinchidan, fan o’qituvchilari 
o’spirin yigit va qizlarga bilimlarini amaliyotga tatbiq qilishni o’rgatishlari shart, 
buning uchun ularda amaliy malakalarni shakllantirishga harakat qilishlari lozim. 
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan holda rivojlanishi mutlaqo 
mumkin emas. Shuning uchun tafakkur rivojlanishi bilan birga o’quvchining nutq 
faoliyati ham o’sadi. Bu esa o’quvchida o’z fikrini to’g’ri, aniq ifodalash 
malakasini tarkib toptiradi, nutqining tuzilishini takomillashtiradi va lug’at 
boyligini yanada oshiradi. 
Ilk o’spirin adabiy asarlarni o’qish va tushunish orqali mustaqil fikrlashga, 
mulohaza yuritish va munozaraga o’rgana boradi. Unda asta-sekin tabiat va 


34 
jamiyat o’zining nuqtai nazari, e’tiqodi, qarashi shakllanadi. Ma’lumki shaxsning 
ana shu fazilatlari fikrlashi, mustaqil o’ylashi, to’g’ri hukm va xulosa chiqarishi, 
qat’iy qarorga kelishining natijasidir. 
Yigit va qizlarning adabiy asarni baholashi, u haqda shaxsiy fikrlarini 
bildirishi, muammoli tomonlari yuzasidan bahslashuvi va hokazolarda insoniy 
xislatlarning muayyan darajada ishtirok etishi aql tanqidiyligining aynan 
o’zginasidir. Turmushda uchraydigan noo’rin tanqidiylik esa ilk o’spirinning 
badiiy didi va hayotiy tajribasi zaifligidir. O’qituvchi ayni shu paytdagi asosiy 
vazifasi − o’quvchilar tafakkuridagi tanqidiylikni haqqoniylik darajasiga 
ko’tarishdan, ularga voqyelikka odilona, oqilona tanqidiy nuqtai nazardan qarashni 
o’rgatishdan iboratdir. 
Mazkur yoshdagi o’quvchi aqlining tanqidiyligida og’machilikka moyillik 
kuchli bo’ladi. Og’machilikning eng asosiy sabablaridan biri − voqyelikning 
mohiyatini ilmiy jihatdan to’g’ri tushunmaslikdir. Shuningdek, uning “o’z 
pozisiyasi”da bo’sh kelmasligi, narsa va hodisalarning asl mohiyatini anglab turib, 
jo’rttaga “o’jarlik” qilishi ham ana shu og’machilikning bir ko’rinishidir. 
Ularda moddiy dunyo to’g’risida shaxsiy fikrlar, mulohazalar, ilmiy 
dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tafakkurning tanqidiylik xususiyati 
rivojlana boshlaydi. Aqlning yoki tafakkurnnng tanqidiyligini tarbiyalashda 
o’qituvchi o’quvchining o’ziga xos tipologik xususiyatiga, aqliy kamolot 
darajasiga, bilimlari saviyasiga, mulohaza doirasining kengligiga, nutq 
qobiliyatiga, shaxsiy nuqtai nazariga, o’qishga nisbatan munosabatiga, 
qiziqishining xususiyat va darajasiga, aqliy faoliyat operasiyalarini qanchalik 
bilishiga, mavjud o’qish ko’nikmasi va malakalariga alohida e’tibor berishi lozim. 
Aql tanqidiyligining rivojlanishi yangicha ta’lim muassasa o’quvchilarini 
moddiy dunyoni, atrof muhitni o’rganishga, o’quv materiallarini puxta 
o’zlashtirishga, ta’lim jarayonida tashabbuskorlikka, faollikka da’vat etadi va 
bundan tashqari, voqyelikni isbotlash va asoslash ko’nikmalari tarkib topishiga 
imkon yaratadi. O’rganilayotgan hodisa to’g’risida hukm va xulosa chiqarish, 
tasdiqlash yoki inkor qilish qobiliyatini rivojlantiradi. 
Ilk o’spirin tafakkurining sifatini uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, 
mustaqilligi, samaradorligi, tezligi tashkil qiladi. Tafakkurning mazmundorligi 
deganda, ilk o’spirin ongida tevarak-atrofdagi voqyelik bo’yicha mulohazalar, 
muhokamalar va tushunchalar qanchalik joy olganligi nazarda tutiladi. 
Tafakkurning chuqurligi deganda, moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning asosiy 
qonunlari, xossalari, sifatlari, o’zaro bog’lanishi va munosabatlari ilk o’spirinning 
fikrlashida to’liq aks etishi tushuniladi. Tafakkurning kengligi esa o’zining 
mazmundorligi va chuqurligi bilan bog’liq bo’ladi. O’quvchi narsa va 
hodisalarning eng muhim alomat va xususiyatlarini mujassamlantirsa, o’tmish, 


35 
hozirgi zamon va kelajak haqidagi mulohazalarini bildira olsa, buni keng tafakkur 
deyiladi. Tafakkurning mustaqilligi deganda, ilk o’spirin tashabbuskorlik bilan o’z 
oldiga yangi vazifalar qo’ya bilishi va ularni hyech
 
kimning yordamisiz oqilona 
usullar bilan bajara olishi tushuniladi. 
Aqlning tashabbuskorligi deganda, ilk o’spirinning o’z oldiga yangi g’oya, 
muammo va vazifalar qo’yishini, ularni amalga oshirishda samarador vositalarni 
ham o’zi topishga intilishini anglaymiz. Aqlning pishiqligi vazifalarni bajarishda 
yangi usullarni tez izlab topish va qo’llay olishda, eskirgan vositalardan qutulishda 
namoyon bo’ladi. Agar o’quvchi muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun 
qimmatli yangi fikrlarni aytgan bo’lsa, nazariy va amaliy vazifalarni hal qilishda 
yordam bersa, buni samarador tafakkur deyiladi. Tafakkurning tezligi savolga 
to’liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. Ilk o’spirin tafakkurining tezligi qator 
omillarga: birinchidan, fikrlash uchun zarur materialning xotirada mustahkam 
saqlanganligiga, uni tez yodga tushira olishga, muvaqqat bog’lanishning tezligiga, 
turli his-tuyg’ularning mavjudligiga, o’quvchining diqqati va qiziqishiga
ikkinchidan, uning bilim saviyasiga, qobiliyatiga, egallagan ko’nikma va 
malakalarga bog’liqdir. 
Ilk o’spirin qobiliyati, layoqati va iste’dodi ta’lim jarayonida mehnat 
faoliyatida rivojlanadi. Uning qanchalik iste’dodli ekanini aniqlash uchun 
ziyrakligi, jiddiy sinovga shayligi, mehnatga moyilligi, intilish, psixik tayyorligi, 
mantiqiy fikrlashining tezligi, izchilligi, samaradorligiga e’tibor berish kerak. 
Qobiliyatning o’sishi bilimlar, ko’nikmalar, malakalarning sifatiga bog’liq bo’lib, 
shaxsning kamol topish jarayoniga qo’shilib ketadi. 
Ilk o’spirinlikda o’tiladigan darslar, laboratoriya ishlari va amaliy 
mashg’ulotlar, referat konspekt yozish kabi ta’limiy faoliyat turlari yangicha ta’lim 
muassasi o’quvchilari o’zlashtirishi zarur materiallarni mustaqil holda tushunishga 
olib keladi. Bu ishlar kundan-kunga ko’proq ahamiyat kasb etishi natijasida ta-
fakkur tobora faol, mustaqil, ijodiy tus olib boradi. Bularning barchasi ilmiy-
nazariy tafakkurning shakllanishiga, tevarak-atrofdagi voqyelikning umumiy 
qonuniyatlarini bilish qobiliyati o’sishiga, aqliy imkoniyatlar vujudga kelishiga, 
tabiat va jamiyat rivojlanishining qonunlarini anglab olishga muhim shart-
sharoitlar yaratadi. 
Ilk o’spirinlar biror hodisani asoslagan, isbotlagan paytlarida uning muhim 
xususiyatlariga, birlamchi jihatlariga sinchkovlik bilan qaray boshlaydilar. 
Darsliklardan o’qigan va o’qituvchilardan eshitgan axborotlar, xabarlar va 
ma’lumotlarga ishonish va ulardan qanoat hosil qilish uchun faol harakat qiladilar, 
biroq ularda o’smirlar singari obro’ ketidan ergashish juda kam sodir bo’ladi. Ular 
har bir darsda tanishilgan materiallarning mohiyatiga, inson uchun zarurligiga 
ishonch hosil qilishga to’xtovsiz intiladilar. Ba’zan ta’lim jarayonida shaxs 


36 
tomonidan biror narsaga e’tiroz bildirsa yoki shubhalansa, uni nohaq ravishda 
qoralaydi. Tafakkurni oqilona yo’llar bilan o’stirish uchun favqulodda holatlarda 
o’quvchining mazkur xususiyatini yomonlamay, balki uni rag’batlantirish 
to’g’riroq bo’ladi. 
Ilk o’spirinlik yoshida kollej o’quvchilari aqliy faoliyatning omillari va 
usullari bilan yetarli darajada qurollangan bo’ladilar. 
Shunday qilib, ta’lim jarayonida turli fanlarni o’qitish tufayli keng ko’lamli 
bilimlar sistemasi o’zlashtirilishi orqali kollej va akademik lisey o’quvchilarida 
tafakkurning faolligi, mustaqilligi, mazmundorligi, mahsuldorligi ortadi. Ularda 
dialektik-refleksiv nazariy tafakkur tarkib topadi. Shu sababli voqyelikning ichki 
bog’lanishlari, munosabatlari jamiyat rivojlanishining qonunlarini bilish va anglab 
olish ko’nikmasi yuqori pog’onaga ko’tariladi. 
Agar o’smirlar tafakkuri yaqqol-obrazli tafakkurning mavhum tafakkurga 
aylanishi bilan xarakterlansa, bu yoshdagi o’quvchilarda dialektik-kreativ tafakkur 
qobiliyati rivojlana boshlaydi va bu tafakkur tabiat hamda jamiyat rivojlanishining 
umumiy qonunlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Mazkur qonunlarning vujudga 
kelishi, o’zgarib borishi, o’ziga xos xususiyatga ega bo’lishi, shuningdek, o’zaro 
uzviy bog’liqligiga doir murakkab bilimlar ularning yosh xususiyatiga aynan 
mosdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin