68
bo’ladi. Erkak va ayollar o’rtasidagi farqlar borgan sari yaqqol ko’zga
tashlana
boshlaydi. Bu farqlar bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira, tafakkur), axloqqacha
(farosatlilik, hushyorlik, hozirjavoblik, topqirlik) va aql-zakovat (aql, bilim,
ijtimoiy tajriba, mahorat, ijodiy faoliyat, barqaror malaka) kabi ruhiy holatlarda o’z
aksini topadi. Ayollarning zaifa deb nomlanishi ham bejiz emas, chunki jismoniy
zaiflikdan tashqari boshqa ruhiy kechinmalarda ham beqarorlik sezilib turadi (ko’z
yoshi quvonchdan bo’lsa − irodaning zaifligini ko’rsatadi, g’am-g’ussa, o’kinish,
tug’yon sababli bo’lsa his-tuyg’uni boshqarish imkoniyati yo’qligini ko’rsatadi).
Ayollarning tabiiy azobdan (tug’ish, bola tarbiyasi) tashqari xizmat, oila tashvishi,
yumushi,
mehr-muhabbatga otashligi, nozik qalbi tashqi qo’zg’atuvchilarga tez
javob beruvchanligi jihatdan ertaroq qarishga olib keladi (asab sistemasining
buzilishi, irodaviy zo’riqish, aqliy tanglik holatlari).
Psixologlar keksayish davridagi erkak va ayollarning ruhiy dunyosini
o’rganish bo’yicha tadqiqot ishlari olib borganlar. Amerikalik V.Shevchuk mazkur
yoshdagi odamlarning ijtimoiy faoliyatda qatnashishi xususiyatini tekshirib, 65
yoshlilarning 24,1 foizi 70 yoshlilarning 17,4 foizi, 75 yoshlarning 7,7 foizi
ijtimoiy faoliyatdan voz kechganligini aniqlagan.
Oliy maktab muallimlarining
ilmiy mahsuldorligi dinamikasini tadqiq qilgan M.D.Aleksandrova matematika,
fizika, biologiya, psixologiya va boshqa sohalarning vakillari o’rtasida
keksayishning birinchi bosqichida (61− 66 yoshlarda) bir oz farq mavjud bo’lsa-
da, uning ikkinchi bosqichida (67−72 yoshlarda) o’sha tafovut ham yo’qolib
borishini ta’kidlaydi.
L.I.Zaxarova esa keksayish davridagi erkak va ayollarning oliy nerv
faoliyatini tekshirib, ularda ranglarni ko’rish
maydonining chegarasi uchun
quyidagilar muhim rol uynashini uqtiradi:
1) ko’rish yo’llari analizatori chekka qismlarining holati;
2) markaziy nerv sistemasining umumiy faolligi;
3) insonning yoshi;
4) ko’rish analizatorining faoliyat ko’rsatish sharoiti;
5) insonning jinsi.
Amerikalik psixolog D.Veksler keksayishda aqlni o’lchash uchun 1939 yilda
maxsus test ishlab chiqqan va “Katta kishilar aqlini o’lchash va baholash” nomli
kitobida test o’tkazish usuliyatini batafsil bayon qilgan.
D.Veksler tavsiya qilgan formulaga binoan har qanday yoshdagi shaxsning
aqliy kamolot darajasini mazkur yoshga munosib tarzda ishlab chiqsa bo’ladi.
Buning uchun muallif aql koeffisiyenti atamasidan foydalanadi:
AD
AK=
·100
KD
69
D.Veksler shkalasi bo’yicha
AD
− aqliy ko’rsatkichini,
KD
(keksayish
darajasi) esa shaxsning kalendar yoshini anglatib keladi.
“Veksler batareyasi” 11 ta subtestdan iborat bo’lib, ulardan 7 tasi verbal
(so’zlardan tuzilgan), 4 tasi noverbal (alomatlardan iborat)dir. Barcha
ko’rsatkichlar bo’yicha eng yuqori natijaga 15−25 yoshlilar, boshqa ma’lumotlarga
ko’ra 26−29 yoshlilar erishadilar: keyin 40−45 dan asta-sekin pasayish boshlanadi:
60 − 65 yoshlarda bu ko’rsatkich yanada quyiga tushadi.
D.Veksler keskin o’zgaruvchan va kam o’zgaruvchan
yosh davri
funksiyalariga alohida e’tibor beradi. Birinchisiga qisqa muddatli xotira,
o’xshashlik, simvollar, Koss kubchalari: ikkinchisiga − lug’at boyligi, umumiy
ma’lumotlilik, rasm tuzish (tartibga keltirish ma’nosida), tugallanmagan rasmlarni
idrok
qilish
kiradi.
Mazkur
variasiyalardan
foydalanib,
eksperimental
psixologiyaga yangi ko’rsatkich kiritishni taklif qiladi, u deteriorasiya koeffisiyenti
deb ataydi (de-teriorasiya − yomonlashuv, buzilish, demakdir):
BK
1
DK
= ·100
BK
2
BK
1
− barqaror ko’rsatkich, BK
2
− beqaror ko’rsatkichni bildiradi.
Yosh odamlarda mazkur koeffisiyent 5 foizdan oshmaydi, keksalarda esa 20
foizga yaqinlashadi. Ko’rinib turibdiki, yosh ulg’ayishi bilan nomutanosiblik dara-
jasi o’sib boradi.
D.Veksler testi to’g’risida har xil tanqidiy mulohazalar mavjud bo’lsa-da,
lekin muallifning yoshlarga tatbiq qilgan testi ularning aqliy tayyorgarligi dara-
jasini, o’qishga uquvliligini bildirsa, keksalarda u hayotiy
tajribalarga asoslangan
donishmandlikni anglatadi, degan fikr to’g’ridir.
Dostları ilə paylaş: